Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/03 00:45 Inter 2-0 Jenoa
01/03 01:00 Real Ovyedo 0-1 Atletiko
01/03 16:30 Cremonese 0-2 Milan
01/03 18:00 Elche 2-2 Espanyol
01/03 19:00 OKMK 0-1 Bunyodkor
01/03 19:00 Fulhem 2-1 Tottenhem
01/03 19:00 Man. Yunayted 2-1 Kristal Pelas
01/03 19:00 Sassuolo 2-1 Atalanta
01/03 19:00 Brayton 2-1 Nottingem Forest
01/03 19:15 Nasaf 1-0 Xorazm
01/03 20:15 Valensiya 1-0 Osasuna
01/03 21:30 Arsenal 2-1 Chelsi
01/03 22:00 Torino 2-0 Lasio
01/03 22:30 Betis 2-2 Sevilya
02/03 00:45 Roma 3-3 Yuventus
02/03 01:00 Jirona 1-2 Selta
02/03 22:30 Piza - Bolonya
03/03 00:45 Udineze - Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid - Xetafe

Sunatilla Ermatov: “Neftchi” hali o‘z so‘zini aytadi”

Sunatilla Ermatov: “Neftchi” hali o‘z so‘zini aytadi”

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Superliganing 3-turiga kelib “Neftchi”safida yana bir iqtidorli futbolchi Sunatilla Ermatov o‘zining debyut uchrashuvini o‘tkazdi. Bahsni asosiy tarkibda boshlagan futbolchi o‘zida yaxshi taassurot qoldirdi. Ayni paytda bayram munosabati bilan qisqa ta’tilga chiqqan futbolchi bilan bog‘landik.

Sunattila, 3-turga kelib Farg‘ona jamoasi safida ilk marta maydonga tushdingiz. Taassurotlar qanday?

- Taassurotlar ijoyib bo‘ldi. Murabbiylar menga ishonch bildirib, asosiy tarkibda maydonga tushirishdi. Bunday imkoniyatdan samarador foydalanib o‘zimni ko‘rsatishga harakat qildim. “Neftchi” safida maydonga tushganimdan xursandman.

“Bunyodkor” bilan o‘yin haqidagi fikrlaringiz bilan o‘rtoqlashsangiz?

-  O‘zingiz guvohi bo‘ldingiz, juda shiddatli raqobat kechdi. Maydonning xar bir qarichi uchun kurash bo‘ldi. Raqibni mag‘lub etishni o‘z oldimizga maqsad qilib maydonga tushgandik. Afsuski, ko‘zlagan natijamizga erisha olmadik. Toshkentliklarga bosim uyushtirdik va gol kiritish uchun xavfli vaziyatlarni yuzaga keltira oldik. Lekin bir qarashda, to‘p darvozaga kirishni istamagandek tuyuldi. Muxlislar ham ko‘rib turgandi. G‘alaba yo‘lida chin yurakdan mehnat qildik. Bu futbol, gohida g‘alaba gohida mag‘lubiyat bo‘ladi.  Bu o‘yin shunday ediki, bitta gol natijani belgilab berardi. Yakunda ham shunday bo‘ldi.

“Bunyodkor” jamoasi haqida nima deysiz?

-  Kuchli va hamjixat tarkibga ega jamoa hisoblanadi. Ancha yillardan beri birga o‘ynab kelishmoqda. Raqib tarkibida alohida kimnidir ko‘rsatmagan bo‘lardim. Umuman olganda, yaxshi jamoa sanaladi.

“Neftchi”ning g‘alabasiga nima yetishmadi?

- Chempionatga bir oy qolganda yangi jamoa tashkillandi. Tarkib yomon emas. Murabbiylar yaxshi saviyadagi ijrochilarni jamlagan. Agar o‘z ustimizda ishlab, mehnat qilishda davom etsak ijobiy natijalar qayd etamiz. Shu o‘rinda, bir narsani alohida aytib o‘tmoqchiman “Neftchi” jamoasi hali o‘z so‘zini aytadi.

Taqvim  “Neftchi”ga ketma-ket qiyin raqiblarni ro‘baro etyapti. Keyingi tur “Paxtakor”ga qarshi Toshkentda kechadi. Bo‘lajak o‘yindan nimalar kutyapsiz?

- “Paxtakor” – aqlli jamoa. Safarda oson o‘yin bo‘lmaydi albatta. Buni barcha yaxshi tushunib turibdi. Toshkentliklarning kuchli tarafi bu ularning legioner futbolchilarida deb o‘ylayman. Lekin raqib maydoniga faqat va faqat g‘alaba qozonish uchun boramiz. Bu mavsumda niyatlarimiz jiddiy sanaladi.

Muxlislardan nima so‘ragan bo‘lardingiz?

- Ishqibozlarning daldasi biz  uchun muhim hisoblanadi. Nasib qilsa, ularning ishonchini oqlaymiz. Hali jamoamiz nimalarga qodir ekanligini ko‘rsatib qo‘yamiz. O‘tgan turdagi mag‘lubiyatdan fojia yasash kerak emas. Chempionat endi boshlandi. G‘alabali kunlar oldinda

Hojiakbar Jabborov suhbatlashdi   

Manba: www.fcneftchi.uz
Kiritildi: 16:55, 20.03.2018.
O'qildi: 2707 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.