Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/04 23:45 Lechche - Fiorentina
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti

“Navro‘z festivali”: “Paxtakor” yirik natija qayd etdi

“Navro‘z festivali”: “Paxtakor” yirik natija qayd etdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Xabaringiz bor, O‘zbekiston futbol assosiasiyasi maydonida O‘FA tavsiyasiga binoan Toshkent shahar futbol federasiyasi tashabbusi bilan 2004 yilda tavallud topgan futbolchilar o‘rtasida "Navro‘z festivali" turniri o‘tkazilmoqda. Bugun ham ikkita uchrashuv tashkillashtirildi.

Avvaliga maydonda Namangandan kelgan "Odil Junior" poytaxtning “Spartak” jamoalari o‘zaro kuch sinashishdi. Deyarli teng kurashlar ostida kechgan o‘yinda yuzaga kelgan vaziyatlardan unumli foydalangan poytaxtliklar yirik hisobda yutuqqa erishishdi.

Ikkinchi o‘yin “Bunyodkor” va “Nasaf” futbol akademiyalari o‘rtasida kechdi. O‘z omadlarini raqiblar jarima maydoni ichidan izlagan qarshiliklar birinchi bo‘lib hisobni ochishdi ham. Ammo ko‘p o‘tmay o‘z jarima maydoni ichida o‘yin qoidasini buzishdi va yosh “qaldirg‘ochlar” penaltidan hisobni tenglashtirishdi.

Ikkinchi bo‘lim yanada qiziqarli o‘tdi. “Bunyodkor” yoshlari raqib bilan ikki-uch bor yakkama-yakka qolgan holda gol urishning uddasidan chiqa olmagan bo‘lsa, “Nasaf” a’zolari shuncha marotaba raqib jarima maydoni atrofida jarima to‘pi tepish imkoniyatiga ega bo‘lishdi, biroq zarbalarni golga aylantira olishmadi.   

Eslatib o‘tamiz, mazkur jamoalar o‘rtasidagi uchrashuvlarni 14 yoshli o‘smirlar terma jamoasi bosh murabbiy Azamat Abduraimov boshchiligidagi seleksionerlar kuzatib borishmoqda. Maqsad, o‘smirlar terma jamoasiga nomzodlar saralab olish va kelasi yili o‘tadigan Osiyo chempionatida munosib ishtirok etish.

22 mart.

"Spartak" - "Odil Junior" – 4:1

"Bunyodkor" - "Nasaf" – 1:1

24 mart.

"Paxtakor" - "Odil Junior"

"Lokomotiv" - "Nasaf"

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 17:39, 22.03.2018.
O'qildi: 2974 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик