Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

O‘zbekiston OTJ dastlabki o‘rtoqlik o‘yinida Keniyaga mag‘lub bo‘ldi

O‘zbekiston OTJ dastlabki o‘rtoqlik o‘yinida Keniyaga mag‘lub bo‘ldi

Baho:
+1 | -

O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi Andijondagi "Sog‘lom avlod" stadionida Keniya olimpiya terma jamoasiga qarshi dastlabki o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushdi. Uchrashuvda raqiblarimiz 2:1 hisobida g‘alaba qozonishdi.

22-daqiqada Odxiambo Oniango hisobni ochgan bo‘lsa, 34-daqiqada Mutamba Pistone hisobni 2:0ga yetkazdi. Har ikkala golga ham himoyachilar va darvozabonimizning qo‘pol xatolari sababchi bo‘ldi.

Ikkinchi bo‘limda vakillarimiz hisobni tenglashtirishdi. Zabihullo O‘rinboyev penaltidan zarba yo‘lladi, darvozabon to‘pni qaytardi. Qaytgan to‘pni zaxiradan maydonga tushgan Andrey Sidorov darvozaga aniq yo‘lladi. O‘yin oxiriga qadar 1:2 hisobi o‘zgarmay qoldi.

Endi 26 mart kuni Ravshan Haydarov shogirdlari Farg‘onada Keniyaga qarshi ikkinchi o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazadi.

O‘zbekiston OTJ - Keniya OTJ - 1:2
Gollar: Andrey Sidorov (75) - Odxiambo Oniango (22), Mutamba Pistone (34).
O‘zbekiston: 12. Dilshod Hamroyev, 2. Islom Qobilov, 3. Xojiakbar Alijonov, 5. Abbos Otaxonov, 6. Azizjon G‘aniyev, 20. Doston Tursunov, 13. Aziz Turg‘unboyev, 15. Oybek Rustamov, 17. Doston Hamdamov, 9. Zabihillo O‘rinboyev, 10.Bobir Abdixoliqov.
Keniya: 18.Ojvang Timoti Odxiambo, 14.Mayk Evans Kibvage, 12.Omvenga Timti Balton, 3.Okumu Yozef Stenli, 2.Amai Atariza, 8.Yida Sven, 19.Ibrohim Shambi Ramazoni, 16.Odnenyi Jafari Ovitti, 7.Kasuti Kliff Koroboi, 17.Odxiambo Onyango Krispinus, 9.Mutamba Pistone Vunyoli
Hakamlar: Olim To‘ychiboyev, Shoxruh A’zamov, Ravshan Kapadze

Manba: the-uff.com
Kiritildi: 22:45, 23.03.2018.
O'qildi: 6451 marta.
Fikrlar: 11 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик