Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/04 23:45 Lechche - Fiorentina
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti

«Chiptam bor, lekin o‘yinga kirolmadim». Stadiondan quvilgan muxlislar

«Chiptam bor, lekin o‘yinga kirolmadim». Stadiondan quvilgan muxlislar

Baho:
+ | -

 

O‘zbekistonga, xususan, vodiyga futbol qaytmoqda. Buni superliga bahslaridan, «Navbahor»ning g‘alabalaridan bilish mumkin. Vodiy ahli ham futbolni juda sog‘ingan edi.

23 mart kuni Andijon shahridagi «Sog‘lom avlod» stadionida O‘zbekiston OTJ va Keniya OTJ o‘rtasida o‘rtoqlik o‘yini bo‘lib o‘tdi. So‘nggi yillarda xalqaro darajadagi o‘yinlar ilk marta viloyatlarda tashkil etilayotgani bois mazkur uchrashuvga qiziqish juda katta edi. Ham Osiyo chempionlarini stadiondan ko‘rishni istagan muxlislar ham anchagina edi.

Lekin Xabar.uz portali tahririyatiga murojaat qilishlaricha, «Sog‘lom avlod» stadioniga kirishda bir qator tartibsizliklar yuzaga kelgan. Keyin esa qo‘lida chiptasi bo‘la turib, minglab ishqibozlar IIB xodimlari tomonidan o‘yinga kiritilmagan.

«To‘g‘ri, byudjet tashkilotlarga shunday taklifnomalar berilgan. Lekin chiptada yozilgan joy va qatorga yana kim o‘tirib olishi mumkin?», deb yozadi fuqaro.

Bu yerda yo chipta sotuvlarida bir gap bor, yoki mahalliy hokimiyat organlari ishni noto‘g‘ri tashkil qilgan. Nima bo‘lgan taqdirda ham, futbol ko‘raman deb yo‘l bosib kelgan iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish maqsadida mutasaddilardan ushbu holatga izoh so‘rab qolamiz, deb yozadi Xabar.uz.

Manba: www.xabar.uz
Kiritildi: 10:59, 26.03.2018.
O'qildi: 8052 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик