Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Superliga yoqyaptimi? Bu atigi boshlanishi…

Superliga yoqyaptimi? Bu atigi boshlanishi…

Baho:
+ | -

Superliganing dastlabki 3ta turi milliy chempionatimiz o‘zgarishga moyil ekanligini ko‘rsatdi. Mana, bir haftalik tanaffusdayoq o‘yinlarni o‘zgacha sog‘inib qoldik.

Binobarin, atigi 18ta uchrashuvda bir qator e’tiborga molik voqealar kuzatildi, salmoqli faktlar yuzaga qalqib chiqdi. Demak, bu boshlanishi, xolos...

* Oliy liga-2017ning dastlabki 3ta turidan so‘ng gol urmagan jamoa qolmagandi. Joriy chempionatda esa «Neftchi» va «So‘g‘diyona» futbolchilari hozircha raqiblar darvozasiga yo‘l topolmadilar. 2016 yili «Obod» dastlabki 3ta turda gol quvonchini tuymagan yagona jamoa bo‘lgandi.

* Mirjalol Qosimov («Qizilqum») Superliga hisobidan ilk sariq va qizil kartochka sohibi sifatida tarixga kirdi.

* 2-turdan o‘rin olgan «Bunyodkor» va «Paxtakor» o‘rtasidagi «Toshkent derbisi»ni 20168 muxlis stadionda kuzatdi. Bu mazkur ikki klubning o‘zaro o‘yinlariga bog‘liq rekord natijadir.

Bungacha «Toshkent derbisi»dagi eng yuqori ko‘rsatkich 2008 yili kuzatilgandi - 18 mingdan ko‘p muxlis. Umuman, oxirgi 10 yil badaliga poytaxtda o‘tgan ichki chempionat bahslarida bunchalik ko‘p tomoshabin yig‘ilgan emasdi.

* 18 mart kuni Andrey Sidorov tomonidan urilgan gol «Qizilqum» uchun O‘zbekiston oliy divizionidagi 666-samarali zarba bo‘ldi.

* «Navbahor»ning 23 yoshli iqtidorli yarim himoyachisi Aziz Turg‘unboyev AGMK va «Lokomotiv»ga qarshi kechgan bahslarda ketma-ket gol urdi. U o‘tgan yili 26 oktyabr - 8 noyabr sanalari oralig‘ida «Buxoro», «Bunyodkor» va «So‘g‘diyona» bilan o‘yinlarda kichik seriya qayd etgandi.

* «Navbahor» - «Lokomotiv» bahsida sariq kartochka olgan Islom To‘xtaxo‘jayev «temiryo‘lchilar» safida oliy divizionning jami 141ta o‘yinida qatnashib, 22 marta ogohlantirilgan va 3 bora maydondan chetlashtirilgan.

* «Navbahor» Ilhom Mo‘minjonov boshqaruvida Namangandagi mag‘lubiyatsiz seriyasini davom ettirdi. Namangan klubi 2016 yilning 29 oktyabrida «Qizilqum»ga 0:2 hisobiga yutqazgani bo‘yicha o‘z maydonida qatorasiga 16ta o‘yinda mag‘lubiyatga uchramadi -  11ta g‘alaba va 5ta durang.

«Loko» 2015 va 2016 yillar mavsumida o‘z uyida biror marta yutqazmagandi. «Lochinlar»da joriy mavsum ushbu natijani takrorlash imkoniyati bor.

* Ilhom Mo‘minjonov 2016 yilning 6 noyabr kuni «Navbahor»ni qabul qilib olganida, jamoa ancha murakkab ahvolda edi. Oradan 505 kun o‘tib, «lochinlar» chempionatda kuchli uchlikka ko‘tarilishdi.

* «Navbahor» safida yarim himoya va orqa chiziqning markaziy hududida katta mehnat qilayotgan Oston O‘runov 2000 yil 19 dekabr-da tug‘ilgan. 2017 yildan e’tiboran chempionatda jami 11 marta maydonga tushib, 923 daqiqa harakatlandi.

U o‘tgan yili «Olmaliq» klubiga qarshi bahsda gollari hisobini ochgandi. «Paxtakor»ga tegishli O‘runov «Navbahor»da ijara kelishuvi bo‘yicha o‘ynamoqda.

* «Navbahor» - «Lokomotiv» o‘yinini 25300 muxlis bevosita stadionda kuzatdi. Bu - mavsum rekordi. Aytish joiz, o‘sha kuni yana minglab muxlislar stadionga kirolmay, «Navbahor»ni tashqarida qo‘llab turishdi.

* 3-turdan o‘rin olgan «Buxoro» - «So‘g‘diyona» bahsining 3-daqiqasida mehmonlar himoyachisi va sardori Akmal Xolmurodov o‘z jamoasi darvozasiga to‘p kiritib qo‘ydi. Dast-labki 2ta turda avtogol kuzatilmagandi.

* «Paxtakor»ning yuqori ligada urgan gollari soni 1726taga yetdi. Bu oliy divizionning rekord natijasidir. Chempionatimizda gol urish bobida keyingi o‘rinlar «Neftchi» (1545ta), «Navbahor» (1322ta), «Nasaf» (1132ta) va «Buxoro» (1047ta) klublariga tegishli.

* Mavsum oldidan chempion bo‘lishni ko‘zlayotgani aytilgan «Neftchi» umumiy hisob bo‘yicha 815ta gol qo‘yib yuborgan. Faqat 5ta klubda minus belgisidagi gollar soni «Neftchi»nikidan ko‘p: «Buxoro» (1126ta), «So‘g‘diyona» (1118ta), «Dinamo» (987ta), «Navbahor» (952ta) va «Metallurg» (930ta). Umuman, 11ta jamoa 700tadan ortiq gol qo‘yib yuborgan.

* Joriy mavsum «Paxtakor» barcha o‘yinlarda penalti tepish huquqiga ega bo‘ldi - Ismoil Gonsalvesh 2ta urinishida ham gol urdi, Jasur Hakimov esa  vaziyatdan foydalanolmadi.

* Superliga legionerlari - Ismoil Gonsalvesh («Paxtakor») hamda Yovan Jokich (AGMK) to‘purarlar poygasi peshqadamlari orasida borishmoqda - 2tadan gol. Qizig‘i, har ikkisi o‘z gollarini penalti orqali urdi.

* «Nasaf» yarim himoyachisi Jasur Hasanov 3ta o‘yinda 3ta golga assistentlik qildi. U bu borada raqobatdan xoli.

Kutilayotgan natijalar

«Olmaliq» yana 1ta o‘yinda g‘alaba qozonsa, bu borada 100ta yutuq marrasiga yetadi;

«Navbahor» yana 2ta o‘yinda durang qayd etsa, bu borada 150ta «sulh» marrasiga yetadi;

«Paxtakor» yana 3ta o‘yinda murosa ko‘chasini tanlasa (yutqazmasdan, albatta), uning jami duranglari va mag‘lubiyatlari o‘rtasidagi farq (126ga 126) yo‘qqa chiqadi;

«Qizilqum» yana 5ta o‘yinda g‘alaba qozonsa, bu borada 200ta yutuq marrasiga yetadi;

«Bunyodkor» yana 5ta o‘yinda mag‘lubiyatga uchrasa, uning omadsiz uchrashuvlari soni 40taga yetadi;

«Metallurg» yana 6ta o‘yinda g‘alaba qozonsa, uning omadli o‘yinlari soni 200taga yetadi;

«Olmaliq» raqiblar darvozasiga yana 7 marta yo‘l topsa, bu borada 400ta gol marrasiga yetadi;

«Nasaf» yana 15ta gol qo‘yib yuborsa,  bu borada -700 marrasigayetadi.

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 11:02, 29.03.2018.
O'qildi: 3831 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.