Eron terma jamoasi bosh murabbiyi Karlush Keyrush mamlakat futbol federasiyasiga nisbatan boykot e’lon qildi. Bu haqda Sport24 nashri xabar tarqatdi.
Manba bergan xabarga ko‘ra, Eron terma jamoasini 2018 yilgi JCHga olib chiqqan portugaliyalik mutaxassis ancha vaqtdan buyon oylik maoshini ololmayapti. Shu sababdan ham Keyrush futbol federasiya uning oldidagi qarzlarini to‘lab bermaguncha, birorta ham mansabdor bilan gaplashmasligini bildirgan.
«Menga va’da qilgan oylik maoshimlarimni bering, keyin men bilan gaplashishingiz mumkin», — deya aytib o‘tgan Keyrush.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Karlush Keyrush O‘zbekiston terma jamoasini boshqarishi haqida xabarlar tarqalgandi. O‘FA murabbiy bilan JCHdan so‘ng shartnoma imzolash bo‘yicha og‘zaki kelishuvga erishgan degan ma’lumotlar ham yo‘q emas.
O‘FAning terma jamoalar bilan ishlaydigan xodimlardan biri esa Karlush Keyrush masalasida berilgan savolga shunday javob bergan: "Qanaqa Keyrush? Sizlar buni qayerdan oldinglar?"
Xullas, shunaqa gaplar. O‘zbekiston terma jamoasini aslida kim boshqaradi degan savol hamon dolzarb mazvu bo‘lib qolmoqda. Jahon chempionati tugashini kutishdan boshqa choramiz yo‘q.