«Verder» klubi hamda Germaniya terma jamoasining sobiq darvozaboni «SE» muxbiri bilan bo‘lgan suhbatda nima uchun restling bilan shug‘ullanishga qaror qilganligini bayon etdi.
«Afsonalar kubogi» - Timni yashil maydonda ko‘rish uchun o‘ta noyob imkoniyat. Bu gal futbolchi «Dillingen» havaskorlar klubi a’zosi sifatida turnirga tashrif buyurdi. Germaniya chempionatida u so‘nggi marta bundan 5 yil avval maydonga tushgan, «Xoffenxaym»ni 2014 yili tark etgandi. Restlingda esa dastlabki jangini o‘tka-zishga ulgurdi.
«300 kg.ni bemalol ko‘taraman»
Bolaligimda restlingni TV orqali tomosha qilardim. U menga juda yoqardi. Birinchi o‘rinda futbol turardi, albatta. Lekin restlingda o‘zimni sinab ko‘rish imkoniyati paydo bo‘lganida, uni qo‘ldan boy berishni istamadim.
- Oqshomni tungi klubda o‘tkazganingiz uchun «Xoffenxaym» shartnomani muddatidan avval bekor qilgani rostmi?
- Jamoadan chetlatilishimga buning aloqasi yo‘q. Tungi klub haqidagi mish-mishlar - bo‘hton. Negadir ko‘pchilik - OAV, muxlislar menga nisbatan salbiy munosabatda bo‘lishgan:
«Vize unday qildi, Vize bunday qildi...». Vaholanki, bularning barchasi uydirma. «Xoffenxaym» men bilan muammolarga duch kelamiz, deb o‘yladi.
- Maydonga tushmagan paytlaringizda restling bilan yakka tartibda shug‘ullana boshlagansiz, shundaymi?
- Avvaliga yolg‘iz o‘zim mashq qildim. Keyinchalik 8 kishilik guruhda shug‘ullana boshladim. Kun sayin muskullar ustida ko‘proq ishlaydigan bo‘ldim. G‘ishda «Xoffenxaym» bilan aloqani uzgach, o‘zimni restlingda sinab ko‘rishga qaror qildim.
- Bir yarim yil ichida vazningiz 30 kg.ga oshdi. Bunga qay tarzda erishdingiz?
- O‘ylashimcha, boshqa restlerlar sustkashlikka berilishadi. Ularga nisbatan o‘ta tezkorman. Jiddiy gapiradigan bo‘lsam, o‘zim uchun zarur bo‘lgan narsaga ayni kerakli pallada erishdim.
Tayyorgarlik jarayonining eng tig‘iz bosqichi AG‘SHda o‘tdi va bir necha hafta cho‘zildi. Shu tufayli dastlabki bellashuvimni g‘alaba bilan yakunladim. Haftada besh marta toshlar bilan shug‘ullanishimga to‘g‘ri kelgandi.
- Restlingda siz uchun eng qiyin mashg‘ulot nima?
- Bu sport turining mashg‘ulotlari futbolchilarnikidan ancha og‘ir, kamida olti soat vaqtni zalda o‘tkazamiz, anchagina ter to‘kishga to‘g‘ri keladi.
- Hozirda qanday og‘irlikni ko‘tara olasiz?
- 300 kg.
«Dinamo»da pul ishlashim mumkin edi»
Bremenliklar 2004 yili shohsupaga ko‘tarilganlaridan keyin Vizeni saflariga qo‘shib olishgandi. Biroq darvozabon Tomas Shaaf davrida chinakam shuhratga erishdi. U qatorasiga uch mavsum «Verder» darvozasini ishonchli qo‘riqlab, 2009 yilda «Bundesmannshaft»dan taklif oldi.
2012 yili Tim terma jamoa bilan qit’a musobaqasiga yo‘l oldi. Lekin «musiqachilar» yangi shartnoma taklif etishmadi. Oqibatda u «Xoffenxaym» safiga qo‘shildi. Atigi 10 marta maydonga tushib, keyin o‘rinbosarlar tarkibidan joy oldi. Shundan keyin kasbini o‘zgartirib, restlingga o‘tib ketdi.
- «Xoffenxaym»dan «Verder»ga qaytish varianti ham bo‘lganmidi?
- Yo‘q. Lekin 2013 yili Moskvaning «Dinamo»sidan taklif olganman.
- Sizni Kevin Kurani chaqirganmi?
- Yo‘q, u bilan unchalik yaqin emasdik. Shunchaki, agentimiz umumiy edi. Lekin «Dinamo» varianti undan chiqqan. Kattagina pul ishlashim mumkin edi. Biroq taklifni rad etdim. WWE bilan manfaatli kelishuvga erishganman.
- Terma jamoa bilan JAR mundialiga yo‘l olgandingiz. Braziliyaga bormaganingizdan afsuslanmaysizmi?
- G‘arorimni JCH-2014dan ancha avval qabul qilgandim. G‘olaversa, 2012-2013 yillarda meni chaqirishmadi.
«Restling - monstrlar sporti»
Endilikda Vizening jamoadoshlari Kloze, Borovski yoki Diyegu emas, balki Sezaro va Sheymusdir. 2016 yilning 4 noyabrida Tim ular bilan hamkorlikda Bo Dallas, Primo va Eliko bilan kuch sinashib, g‘alabaga erishdi. Aytishlaricha, Vize 300 ming dollar mukofotga ega bo‘lgan.
- Shou ajoyib bo‘ldi. Muhimi - men g‘alaba qozondim.
- Sahnalashtirilgan janglardan qanday lazzat olish mumkin?
- Tomoshabinlar uchun bu shunchaki, shou bo‘lishi mumkin. Lekin restling - o‘ta og‘ir, jiddiy sport turi. U monstrlar ishi. Ba’zan chinakamiga zalvorli zarbalarga duch kelib qolish hech gap emas.
Unga tayyor bo‘lmagan sportchi mushkul vaziyatga tushib qoladi. Sport bilan jang san’atini uyg‘unlashtirish oson emas. Buni faqat shug‘ullanib ko‘rgan kishi his eta oladi. Restlingni ana shu jihati uchun yaxshi ko‘raman.
InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.