Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/07 01:00 Fransiya 2-0 Marokash
10/07 23:59 Ispaniya - Belgiya
12/07 02:00 Norvegiya - Angliya
12/07 06:00 Argentina - Shveysariya

Mbappe «Real»dan ketishi mumkin - Tafsilotlar

Mbappe «Real»dan ketishi mumkin - Tafsilotlar

Baho:
+1 | -

Fransiyalik hujumchi Kilian Mbappe Madridning «Real» klubini tark etishi mumkin. Bu haqda insayder Fransua Gallyardo o‘zining ijtimoiy tarmoqlarida xabar bermoqda.

Jurnalistning ma’lumotlariga ko‘ra, hujumchi ayrim jamoadoshlarining xatti-harakatlaridan norozi. Xususan, Mbappe va «qaymoqranglilar»ning yana bir yulduzi — braziliyalik Vinisius Junior o‘rtasida tushunmovchiliklar yuzaga kelgan.

Kilian «qirollik klubi» safiga 2024 yilning yozida kelib qo‘shilgan edi. U madridliklar bilan 2029 yilning iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan mehnat shartnomasini imzolagan. 27 yoshli fransiyalik futbolchining bozor qiymati ayni damda 200 million yevroga baholanmoqda. La Liganing joriy mavsumida Mbappe 28 ta o‘yinda maydonga tushib, 24 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Kiritildi: 11:18, 05.05.2026.
O'qildi: 10302 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик