Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/09 10:00 O‘zbekiston 3-0 Saudiya Arabistoni
25/09 15:30 Janubiy Koreya 4-0 Vyetnam
26/09 11:00 Xitoy - Tailand
26/09 15:30 Yaponiya - KXDR

Kerrik «MYU»da qoladigan bo‘ldi

Kerrik «MYU»da qoladigan bo‘ldi

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» Maykl Kerrikni jamoa boshqaruvida qoldirishga tayyor.

44 yoshli mutaxassis Ruben Amorim iste’foga chiqarilganidan so‘ng, mankunianliklar bosh murabbiyi vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlangan edi. Uning amaldagi shartnomasi shu mavsum yakuniga qadar mo‘ljallangan.

The Guardian nashrining xabar berishicha, «Yunayted» rahbariyati Kerrik bilan uning kelajagi borasida hali muzokaralar olib bormagan edi. Chunki rahbariyat avval uning jamoani Chempionlar ligasiga olib chiqa olishiga ishonch hosil qilishni istagan. Yakshanba kuni «Liverpul» ustidan qozonilgan g‘alaba (3:2) klubga mavsum yakunlariga ko‘ra APLning kuchli beshligidan joy olishni kafolatladi.

Endi «Manchester Yunayted» Kerrikka doimiy asosda bosh murabbiy bo‘lishni taklif qilishi kutilmoqda. Klub bosh direktori Omar Berrada va sport direktori Jeyson Uilkoks uning ishidan mamnun va futbolchilar ham uni qo‘llab-quvvatlashini yaxshi bilishadi.

Xususan, Brunu Fernandesh va Xarri Maguayr kabi yetakchi futbolchilar Mayklning klubda qolishi tarafdori bo‘lib turishibdi.

Hozirda «Manchester Yunayted» APL turnir jadvalida 35 turdan so‘ng 64 ochko jamg‘argan holda 3-o‘rinni egallab turibdi.

Kiritildi: 00:59, 05.05.2026.
O'qildi: 2366 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик