Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/11 05:00 Urugvay - Kolumbiya
14/11 05:00 Peru - Chili
14/11 14:10 Avstraliya 0-0 Saudiya Arabistoni
14/11 17:00 KXDR 2-3 Eron
14/11 19:00 Bahrayn 0-1 Xitoy
14/11 19:00 Kuvayt 1-3 Janubiy Koreya
14/11 21:00 Ummon 1-0 Falastin
14/11 21:15 Iroq 0-0 Iordaniya
14/11 21:15 Qatar 3-2 O‘zbekiston
14/11 21:15 BAA 3-0 Qirg‘iziston
15/11 02:00 Venesuela 1-1 Braziliya
15/11 04:30 Paragvay 2-1 Argentina
15/11 05:00 Ekvador 4-0 Boliviya
15/11 17:00 Indoneziya - Yaponiya

Branko Ivankovich: «Guruhimizda 12 ochko jamg‘argan jamoa ham keyingi bosqichga chiqa olmasligi mumkin»

Branko Ivankovich: «Guruhimizda 12 ochko jamg‘argan jamoa ham keyingi bosqichga chiqa olmasligi mumkin»

Baho:
+ | -
Bo'lim: OSIYO
Rukn: Reportajlar

Osiyo chempionlar ligasi 5-tur doirasidagi “Nasaf” hamda Eronning “Persepolis” jamoalari o‘rtasida, ertaga bo‘lib o‘tadigan uchrashuv oldidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Matbuot anjumanining dastlabki qismida “Persepolis” jamoasi bosh murabbiyi Branko Ivankovich va jamoaning 15-raqamdagi himoyachisi Muhammad Ansoriy ishtirok etishdi.

Branko Ivankovich:— Assalomu alaykum, hurmatli jurnalistlar. Avvalombor “Nasaf” klubi rasmiylariga bizni juda yaxshi kutib olishgani uchun minnatdorchiligimni bildiraman.

Ertaga bo‘ladigan o‘yin har ikkala jamoa uchun juda muhim hisoblanadi. Ertaga juda qiziqarli uchrashuv bo‘lishi kutilmoqda. “Nasaf” hozirgi paytda yaxshigina jismoniy barqaror jamoa. O‘zaro bo‘lib o‘tgan birinchi uchrashuvimizdagi mag‘lubiyatga uchraganiga asosiy sabab, u paytda mamlakatingizda milliy chempionat boshlanmgan edi. Endi raqibimiz ham ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega. Shuning uchun ertaga raqibimiz umuman kuchli o‘yin ko‘rsatishini oldindan taxmin qilish mumkin. Shuningdek raqibimiz ertaga guruh bosqichidagi imkoniyatini yaxshilab olish uchun ham harakat qiladi.

Guruhimizdagi vaziyat shundayki, hatto 12 ochko jamg‘argan jamoa ham guruh bosqichidan chiqa olmasligi mumkin. Avvallari 9 ochko bilan bemalol guruh bosqichidan chiqsa bo‘lar edi.

Biz raqibimizni endi avvalgidan yaxshiroq bilamiz. Jamoa ustozi Ro‘ziqul Berdiyev juda ajoyib jamoa tuza olgan. Jamoa tez va qisqa to‘p oshirishlar bilan o‘ynaydi.

Yana shuni alohida ta’kidlash joizki, “Nasaf”ning muxlislari stadionda juda ajoyib muhit yarata olishadi. Murabbiy sifatida bu holat men uchun juda yoqimli.

Biz bu o‘yinga bitta yo‘qotish bilan keldik, diskvalifikasiya tufayli himoyachimiz Shoja Xalilzoda bizga yordam bera olmaydi.

Qarshiga kelishdan avval ikki uchrashuvda mag‘lubiyatga uchradik. Ammo biz bu o‘yinlarda mag‘lubiyatga xos o‘yin ko‘rsatmadik, bizda omad ham yetishmadi. Oxirgi o‘yindagi mag‘lubiyatimizga sabab, terma jamoada ishtirok etgan o‘yinchilarimiz safimizga kechroq qo‘shilgani bo‘ldi. Ularning xizmatidan biz foydalana olmadik.

“Nasaf” tarkibidagi bironta o‘yinchiini alohida ko‘rsatmoqchi emasman. Jamoada kuchli futbolchilar yig‘ilishgan. Shuningdek jamoaning bir qancha futbolchilari mamlakatning turli terma jamoalarida o‘ynashadi. “Nasaf” O‘zbekistonda eng zamonaviy o‘yin ko‘rsatadigan jamoa hisoblanadi.

Jamoa Qatarda yirik hisobda mag‘lub bo‘lgan bo‘lsada, jamoaning ko‘rsatgan o‘yini bu hisobga mos emas edi.

Meni O‘zbekistonga bosh murabbiylikka taklif to‘g‘risida? Odatda yaxshi faoliyat yuritayotgan murabbiyga har qanday rasmiy va norasmiy takliflar bo‘lib turadi. Ammo menga O‘zbekiston tomonidan bosh murabbiylikka rasmiy taklif bo‘lgani yo‘q.

Muhammad Ansoriy: - Avvalom bor assalomu alaykum. Ertaga chiroyli va qiziqarli uchrashuv bo‘ladi. Ertaga bo‘ladigan o‘yin oldidan raqibimizni juda yaxshi urgandik, biz guruhimizdagi barcha jamoalarni hurmat qilamiz. Maqsadimiz guruh bosqichini birinchi o‘rinda yakunlash. Ertaga bo‘ladigan uchrashuvda barchaga omad tilayman.

Milliy chempionatimizdagi ketma-ket mag‘lubiyatlar bizga hech qanday ruhiy ta’sir qilgan emas. Biz o‘yinga to‘liq tayyormiz.

Manba: fcnasaf.uz
Kiritildi: 14:18, 01.04.2018.
O'qildi: 4365 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.