Kirish Ro'yxatdan o'tish

Messi yana bir ko‘rsatkich bo‘yicha XXI asrdagi yagona o‘yinchiga aylandi

Messi yana bir ko‘rsatkich bo‘yicha XXI asrdagi yagona o‘yinchiga aylandi

Baho:
+ | -

Avval xabar berilganidek, La Liganing 30-turi doirasida «Barselona» «Sevilya»ga qarshi o‘yinda 2:2 hisobidagi durang natijasini qayd etdi.

Argentinalik o‘yinchi zaxiradan maydonga tushib, «Sevilya» darvozasini ishg‘ol qildi. Shunday tariqa Leo Messi faoliyati davomida zaxiradan o‘yinga qo‘shilib, 21-golini urishga erishdi.

Bu XXI asrdagi eng yuqori natija hisoblanadi. Bungacha yangi yuz yillikdagi eng yaxshi natija «Deportivo», «Osasuna» kabi jamoalarning urugvaylik sobiq futbolchisi Valter Pandianiga tegishli edi. U zaxiradan maydonga tushib, raqiblari darvozasiga 20 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.

Manba: www.daryo.uz
Kiritildi: 15:14, 03.04.2018.
O'qildi: 9301 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.