“Tottenxem” rahbariyati klub bosh murabbiysi Maurisio Pochettinoning maoshini oshirishga tayyor. Klub argentinalik mutaxassisni qo‘yib yubormoqchi emas.
“The Telegraph”ning yozishicha, “shporlar” Pochettinoga yiliga 8,5 mln funt berishga tayyor. Bu murabbiyning hozirgi maoshidan 3 millionga ko‘proq degani.