Fransiya terma jamoasi sardori Kilian Mbappe JCH-2026 nimchorak finalida Paragvay darvozasini ishg‘ol qilib, jahon chempionatlari tarixida hech bir futbolchiga nasib etmagan statistik rekordni o‘rnatdi.
ESPN ma’lumotiga ko‘ra, Mbappe 3 ta Mundialning pley-off bosqichida kamida uchtadan gol urgan tarixdagi yagona futbolchiga aylandi.
Xususan, fransuz hujumchisi 2018 yil Rossiyada o‘tgan jahon chempionati pley-offida 3 ta, 2022 yil Qatardagi mundialda 5 ta gol urgan bo‘lsa, JCH-2026ning hozirgi musobaqasida esa ikki o‘yindayoq 3 marta raqiblar darvozasini ishg‘ol qildi.
Jahon chempionatining chorak finalida Fransiya terma jamoasi Marokash milliy jamoasiga qarshi bahs olib boradi.













