Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/09 00:30 Elche 2-3 Real Madrid
16/09 15:00 Chonbuk Motors 2-1 Kashiva Reysol
16/09 15:00 Seul 0-1 Persib
16/09 17:15 Port 1-2 Vissel Kobe
16/09 17:15 Kong-Vittel 1-1 Melburn Viktori
16/09 21:00 Xolidiya 0-0 Nasaf
16/09 21:00 Al-Vahda 3-2 Kuvayt SK
16/09 21:00 An-Nahda 1-1 At-Ta'vun
16/09 21:00 Al-Hussayn 2-2 Ist Bengal
16/09 22:00 Atletiko 4-0 Osasuna
16/09 22:00 Deportivo 0-1 Sevilya
16/09 23:15 Ar-Rayyan 4-3 Al-Faysaliy
16/09 23:15 Ash-Shorta 1-0 As-Siyb
17/09 00:30 Barselona 7-2 Rasing

Levchenko O‘zbekistonning JCH-2026da g‘alabani qo‘ldan chiqarishi sababini tushuntirdi

Levchenko O‘zbekistonning JCH-2026da g‘alabani qo‘ldan chiqarishi sababini tushuntirdi

Baho:
+ | -1

Tojikistonlik murabbiy Vitaliy Levchenko O‘zbekiston terma jamoasining 2026 yilgi jahon chempionati guruh bosqichida Kongo DRga qarshi o‘yini haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

— Kongo DRga qarshi bahsda g‘alabani saqlab qolish mumkinmidi? Buning uchun nima qilish kerak edi? Ikkinchi bo‘limda jamoaga nima bo‘ldi?

— Ha, g‘alabali hisobni saqlab qolish mumkin edi. Buning uchun jamoa biroz orqaroqqa chekinishi, yuqori pressingdan voz kechishi va o‘yin sur’atini yaxshiroq nazorat qilishi lozim edi. Bunday vaziyatlarda sur’atni pasaytirish, tanaffuslardan unumli foydalanish va zarurat tug‘ilganda taktik qoidabuzarliklar qilishni bilish kerak.

Ikkinchi bo‘limda jamoa ham jismoniy, ham ruhiy jihatdan pasayib ketdi. Shu bilan birga, murabbiylar shtabi maydondagi vaziyatga o‘z vaqtida munosabat bildirolmadi. Amalga oshirilgan almashtirishlar o‘yin sxemasini mustahkamlamadi va jamoaga uchrashuv nazoratini qaytarishga yordam bermadi. Bu esa jamoada amalda muqobil reja — «B reja» mavjud bo‘lmaganini ko‘rsatadi, — dedi Levchenko.

Eslatib o‘tamiz, JCH-2026 guruh bosqichining uchinchi turida O‘zbekiston terma jamoasi Kongo DRga qarshi bahsda 1:0 hisobida oldinda borayotganiga qaramay, yakunda 1:3 hisobida mag‘lub bo‘lgan edi. Kongoliklar guruhda uchinchi o‘rinni egallab, pley-offga chiqqan va 1/16 finalda Angliyaga 1:2 hisobida imkoniyatni boy bergan.

Manba: sports.kz
Kiritildi: 23:52, 04.07.2026.
O'qildi: 3219 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик