Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/10 19:00 Bunyodkor 1-1 So‘g‘diyona
16/10 19:00 Qo‘qon-1912 2-4 Neftchi
16/10 19:00 Surxon 0-0 Xorazm
16/10 23:45 Frozinone 4-2 Sassuolo
17/10 00:00 Deportivo 1-1 Levante
17/10 16:30 Everton 0-2 Chelsi
17/10 17:00 Espanyol 0-1 Atletiko
17/10 18:00 Lokomotiv 0-0 Nasaf
17/10 19:00 Dinamo 1-0 Buxoro
17/10 19:00 Navbahor 0-0 Paxtakor

Gvardiola Dekuga zo‘r futbolchi tavsiya qildi

Gvardiola Dekuga zo‘r futbolchi tavsiya qildi

Baho:
+3 | -

«Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik qishki transfer oynasida chap oyoqda o‘ynaydigan markaziy himoyachi bilan tarkibni kuchaytirishni istamoqda.

El Nacional xabariga ko‘ra, kataloniyaliklarning sobiq bosh murabbiyi Xosep Gvardiola klub sport direktori Dekuga «Manchester Siti» himoyachisi Yoshko Gvardiol nomzodini tavsiya qilgan.

Manba ta’kidlashicha, xorvatiyalik futbolchi Flik yuqori baholaydigan bir qator sifatlarga ega. U Pau Kubarsi bilan markaziy himoyada kuchli juftlik hosil qilishi mumkin.

«Bunday juftlik mantiqan juda mos keladi. Kubarsi o‘yinni o‘qish, raqib harakatini oldindan his qilish va hujumlarni boshlash qobiliyati bilan ajralib turadi. Gvardiol esa himoyaga kuch, tezlik va jismoniy qattiqqo‘llik qo‘shishi mumkin», — deyiladi xabarda.

Shuningdek, Gvardiol ortida katta bo‘sh hudud qoladigan taktik tizimda o‘ynashga o‘rgangani qayd etilgan. Bu «Barselona» uchun muhim jihat, chunki kataloniyaliklar odatda himoya chizig‘ini yuqorida ushlab o‘ynaydi.

Ehtimoliy transferdagi asosiy muammo futbolchining narxi bo‘lishi mumkin. Transfermarkt Yoshko Gvardiolni 70 million yevroga baholamoqda, amalda esa transfer summasi bundan ham yuqori bo‘lishi mumkin.

Xorvatiyalik himoyachining «Manchester Siti» bilan shartnomasi 2031 yil o‘rtalariga qadar amal qiladi. Shu sababli ingliz klubi muzokaralarda kuchli pozisiyaga ega.

Kiritildi: 03:59, 17.09.2026.
O'qildi: 5534 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик