Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/09 00:00 Valyadolid 1-2 Malyorka
28/09 16:30 Nyukasl 1-1 Manchester Siti
28/09 17:00 Xetafe 2-0 Alaves
28/09 17:00 Bunyodkor 2-2 Nasaf
28/09 18:00 Udineze 2-3 Inter
28/09 19:00 Arsenal 4-2 Lester
28/09 19:00 Brentford 1-1 Vest Xem
28/09 19:00 Everton 2-1 Kristal Pelas
28/09 19:00 Nottingem Forest 0-1 Fulhem
28/09 19:00 Chelsi 4-2 Brayton
28/09 19:15 Rayo Valyekano 1-1 Leganes
28/09 21:00 Jenoa 0-3 Yuventus
28/09 21:30 Real Sosyedad 3-0 Valensiya
28/09 21:30 Vulverhempton 1-2 Liverpul
28/09 23:45 Bolonya 1-1 Atalanta
29/09 00:00 Osasuna 4-2 Barselona
29/09 15:30 Torino - Lasio
29/09 17:00 Selta - Jirona
29/09 18:00 Roma - Venetsiya
29/09 18:00 Komo - Verona
29/09 18:00 Ipsvich - Aston Villa
29/09 19:15 Atletik Bilbao - Sevilya
29/09 20:30 Man. Yunayted - Tottenhem
29/09 21:00 Empoli - Fiorentina
29/09 21:30 Betis - Espanyol
29/09 23:45 Napoli - Monsa
30/09 00:00 Atletiko - Real Madrid
30/09 23:45 Parma - Kalyari
01/10 00:00 Vilyarreal - Las-Palmas
01/10 00:00 Bornmut - Sautgempton

YECHL. «Real» «Yuventus»ni Turinga «ko‘mib qo‘ydi»

YECHL. «Real» «Yuventus»ni Turinga «ko‘mib qo‘ydi»

Baho:
+ | -1

Yevropa chempionlar ligasining chorak finalida "Real" va "Yuventus" o‘rtasidagi to‘qnashuvda madridliklar favorit sifatida qaralayotgan edi. Ammo Turindagi o‘yindayoq yarim final bosqichi taqdiri hal bo‘lishini ko‘pchilik kutmagandi.

Bahsning 3-daqiqasidayoq Krishtianu Ronaldu hisobni ochib, "keksa sinyora" yuziga "tarsaki" tushirdi. Chap qanotda Marselo Iskoni oldinga boshladi va ispaniyalik futbolchi jarima maydonchasiga yerlatib uzatma berdi. Ronaldu himoyachilarni ortda qoldirdi va to‘pni darvozaga joyladi.

Allegri jamoasi uchrashuvni mag‘lubiyat bilan boshlashga tayyor emas edi. Mezbonlar o‘zlariga kelib olish uchun yarim taymni sarflashlariga to‘g‘ri keldi. O‘yinning 21-daqiqasida turinliklar ijrosidagi xavfli jarima to‘pini Keylor Navas katta mahorat bilan bartaraf etishga muvaffaq bo‘ldi. Oradan 15 daqiqa o‘tib ikkala jamoa bittadan xavfli vaziyat yaratishdi. Kroosning jarima maydonchasi taqsharisidan bergan zarbasidan keyin to‘p to‘singa tegib, yuqoriga ko‘tarilib ketdi. Burchak to‘pi o‘yinga kiritilgan vaziyatda Kyellini qulay vaziyatdan bosh bilan aniq zarba bera olmadi.

"Yuventus" ikkinchi bo‘limni katta ishtiyoq bilan boshladi, ammo "qaymoqranglilar" ishonchli himoyalanib, raqibga imkoniyat bermadi. Aksincha, Kyellinining qo‘pol xatosi navbatdagi gol bilan yakunlandi. Himoyachi oddiy vaziyatda to‘pni Buffonga uzatishda xatoga yo‘l qo‘ydi. Ronaldu to‘pga yetib olib, uni orqaroqqa yetkazdi. Vaskesning zarbasini Buffon qaytardi, ammo qaytgan to‘pga Karvaxal yetib bordi va 11 metrli nuqta ustiga uzatma berdi. Krishtianu akrobatik zarba bilan Janluidjini dog‘da qoldirdi — 0:2. Juda chiroyli gol!

Mazkur gol amalda "Yuventus"ni "sindirdi". Boz ustiga, oradan 2 daqiqa o‘tib Dibala ikkinchi sariq kartochkani olib maydonni tark etdi. Bahsning 72-daqiqasida mehmonlar qisqa paslar orqali "Yuve" himoyasini yorib o‘tishdi: Marselo yakkama-yakka vaziyatda Buffon darvozasini zabt etdi.

Allegri shogirdlari o‘yinga ko‘shib berilgan daqiqalarda bitta javob to‘pini kiritishi mumkin edi. Ammo Kuadrado birga-bir vaziyatda darvozaga aniq zarba bera olmadi.

Javob bahsi 12 aprel kuni "Santyago Bernabeu"da bo‘lib o‘tadi.

YECHL, chorak final
Yuventus Italiya – Real Madrid Ispaniya 0:3 (0:1)
Gollar: 0:1 – 3 Ronaldu, 0:2 – 64 Ronaldu, 0:3 – 72 Marselo.
Yuventus – Buffon, Bardzali, Aleks Sandro, De Shilyo, Kyellini, Duglas Kosta (Matyuidi, 69), Bentankur, Xedira (Kuadrado, 75), Asamoa (Mandjukich, 69), Dibala, Iguain.
Real Madrid – Navas, Varan, Marselo, Karvaxal, Ramos, Modrich (Kovachich, 82), Kazemiro, Isko (Asensio, 75), Kroos, Benzema (Vaskes, 59), Ronaldu.
Ogohlantirishlar: Bentankur (26), Dibala (45), Ramos (55), Kovachich (88).
Chetlatish: Dibala (66).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 01:36, 04.04.2018.
O'qildi: 17784 marta.
Fikrlar: 44 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.