Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

"Nasaf"ning yosh futbolchilari Qatardagi xalqaro turnirni yakunlashdi

"Nasaf"ning yosh futbolchilari Qatardagi xalqaro turnirni yakunlashdi

Baho:
+ | -

Qatarning dunyoga mashhur “Aspire” futbol akademiyasi Osiyoning eng yaxshi akademiyalari tarbiyalanuvchilari ishtirokida tashkil etgan xalqaro turnir nihoyasiga yetdi.

Turnirga O‘zbekiston hamda Qatar futbol assosiasiyalari o‘rtasidagi memorandumga asosan, O‘zbekistondan ham futbolchilar taklif etilgan edi.

“Nasaf” futbol maktabi 2017 yil yakuniga ko‘ra O‘zbekistonning eng yaxshi akademiyasi sifatida e’tirof etilgani bois, Qatardagi turnirda ishtirok etdi.

Mazkur musobaqada “Nasaf” futbol maktabining 2000 yilda tug‘ilgan tarbiyalanuvchilaridan iborat jamoasi (murabbiylar: Nurali Sultonov, Nasim Shoyimov), 2001-2002 yilda tug‘ilganlar jamoasi (murabbiy: Pavel Kshnyakin) va 2003 yilda tavallud topgan tarbiyalanuvchilarimizdan iborat jamoasi (murabbiy: Umar Rahmatullayev va Jasur Ibragimov) ishtirok etishdi.

Kecha yosh "ajdarlar" "Aspire" akademiyasi tarbiyalanuvchilari bilan o‘rtoqlik uchrashuvlari ham o‘tkazishdi. Bu uchrashuv yosh "ajdarlar"ning g‘alabasi bilan yakunlandi.

Shuningdek kechaning o‘zida turnir g‘oliblarini taqdirlash marosimi ham o‘tkazildi. "Nasaf" tarbiyalanuvchilari turnirda uchinchi o‘rinlar bilan kifoyalanishdi.

“Nasaf” futbol maktabining tarbiyalanuvchisi, yosh darvozabon Asadbek Polvonov turnirning eng yaxshi darvozaboni sifatida e’tirof etildi.

"Nasaf"ning yosh futbolchilari bugun kechki payt yurtimizga qarab yo‘lga chiqishadi.

Manba: fc-nasaf.uz
Kiritildi: 11:08, 05.04.2018.
O'qildi: 3476 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.