Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/03 00:45 Inter 2-0 Jenoa
01/03 01:00 Real Ovyedo 0-1 Atletiko
01/03 16:30 Cremonese 0-2 Milan
01/03 18:00 Elche 2-2 Espanyol
01/03 19:00 OKMK 0-1 Bunyodkor
01/03 19:00 Fulhem 2-1 Tottenhem
01/03 19:00 Man. Yunayted 2-1 Kristal Pelas
01/03 19:00 Sassuolo 2-1 Atalanta
01/03 19:00 Brayton 2-1 Nottingem Forest
01/03 19:15 Nasaf 1-0 Xorazm
01/03 20:15 Valensiya 1-0 Osasuna
01/03 21:30 Arsenal 2-1 Chelsi
01/03 22:00 Torino 2-0 Lasio
01/03 22:30 Betis 2-2 Sevilya
02/03 00:45 Roma 3-3 Yuventus
02/03 01:00 Jirona 1-2 Selta
02/03 22:30 Piza - Bolonya
03/03 00:45 Udineze - Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid - Xetafe

Marokashga qarshi o‘yinda vazifa bajarilmagan deb hisoblandi

Marokashga qarshi o‘yinda vazifa bajarilmagan deb hisoblandi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston futbol assosiasiyasining terma jamoalar boshqarmasi O‘zbekiston milliy terma jamoasining mart oyida o‘tkazgan o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini va o‘rtoqlik o‘yinlari bo‘yicha hisobotini tingladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy terma jamoasi 23 mart kuni Senegalga qarshi maydonga tushib, 1-1 hisobida durang o‘ynagan, oradan 5 kun o‘tib Marokash terma jamoasiga 0:2 hisobida mag‘lub bo‘lgan edi.

O‘zbekiston terma jamoasini boshqarish vakolatiga ega bo‘lgan murabbiylar kengashi a’zolari bo‘lib o‘tgan mashg‘ulotlar va o‘rtoqlik uchrashuvlarida jamoa oldiga qo‘yilgan vazifalarning ayrimlari bajarilgan, ayrimlari esa bajarilmagan deb hisobladi.

«Senegalga qarshi o‘yinda terma jamoa futbolchilari qo‘yilgan vazifalarni maksimum darajada bajarishga harakat qilishdi va bu narsa qayd etilgan natijada ham aks etdi. Tan olish kerak, himoya chizig‘ida ham, hujumda ham o‘yinni tashkil qilishda qilinishi kerak bo‘lgan ishlarning ko‘pligi sezilib turdi, biroq yakunda jamoa o‘z oldiga qo‘ygan vazifani uddaladi», — deb xulosa qiladi murabbiylar kengashi.

Kengash Marokashga qarshi uchrashuvda futbolchilar o‘z oldiga qo‘yilgan vazifalarni bajara olmadilar, deb hisobladi.

«Birinchidan, tarkibda yangi va yosh futbolchilar maydonga tushdi. Ular o‘yin boshlarida o‘zlarini biroz yo‘qotib qo‘ydilar va 3-daqiqadayoq gol o‘tkazib yubordilar», - deb yoziladi hisobotda. Murabbiylar kengashining fikriga ko‘ra, Marokashga qarshi o‘yinda maydon markazida to‘p bilan va to‘psiz o‘yinda qaror qabul qilishning kechikishi natijasida juda ko‘p holatlarda kurash boy berildi.

Tanaffusdan keyin jamoa biroz o‘ziga keldi va O‘zbekiston yoshlarining o‘yinida nostandart harakatlar, kutilmagan fint va zarbalar ko‘zga tashlana boshlandi. «Ikkinchi gol bo‘lmaganida, jamoa durang uchun yaxshi harakat qildi. Ammo, ularning motivasiyasini ikkinchi gol o‘zgartirib yubordi. Shu nuqtai-nazardan olib qaralganda, bunday vaziyatlarda jamoaga cho‘kmaslikni o‘rgatish borasida amaliy ishlar qilinishi kerak», — deyiladi hisobotda.

Yig‘in tugagach terma jamoalar boshqarmasi va murabbiylar kengashi o‘yinni to‘liqligicha taxlil qilib chiqdi va amalga oshirilishi kerak bo‘lgan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqdi. Har bir futbolchiga o‘zi o‘ynaydigan klubda shug‘ullanishida rioya qilinishi kerak bo‘lgan individual tayyorgarlik dasturi berildi. Ular esa may oyidagi yangi yig‘ingacha monitoring qilib boriladi.

Ma’lumot o‘rnida aytib o‘tish kerakki, O‘FA terma jamoalar boshqarmasining ish rejasida 19 mayda safarda Eron, 7 iyun kuni safarda Urugvay terma jamoalariga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlari va o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari bor.

Mazkur uchrashuvlardagi asosiy maqsad — milliy terma jamoani yoshartirish va uning o‘zagini Osiyo o‘yinlarida ishtirok etadigan yosh futbolchilar bilan to‘ldirishdan iboratdir. Shu sababli ham may va iyun oyidagi jahon chempionatining navbatdagi ikki ishtirokchisiga qarshi o‘yinlarda milliy terma jamoa yoshartirilgan tarkibda harakat qiladi.

Manba: xabar.uz
Kiritildi: 20:30, 05.04.2018.
O'qildi: 5899 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.