Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/11 16:00 Neftchi 2-0 Nasaf
22/11 18:15 Qizilqum 1-5 Navbahor
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik - Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon - Dinamo
23/11 17:30 Lester - Chelsi
23/11 18:00 Valensiya - Betis
23/11 19:00 Verona - Inter
23/11 20:00 Bornmut - Brayton
23/11 20:00 Arsenal - Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa - Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton - Brentford
23/11 20:00 Fulhem - Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko - Alaves
23/11 22:00 Milan - Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti - Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas - Malyorka
23/11 22:30 Jirona - Espanyol
24/11 00:45 Parma - Atalanta
24/11 01:00 Selta - Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid

Ishonch (qissa, 3-qism)

Ishonch (qissa, 3-qism)

Baho:
+1 | -

Bizning sinf yigitlari chakki o‘ynashmayapti. Himoyadagi o‘yinimiz juda ham ishonchli, qo‘rqmasdan, tap-tortmasdan to‘p uchun kurashib yutib chiqishlari mumkin. Markazdagi Abror to‘pni uzoqqa yetkazib berishda usta ekan, Timur duch kelgan raqibni aldab o‘ta olarkan, Mirsodiq esa tezlikda hammadan bir qadam oldinda. Lekin bu jamoa emas edi, chunki Farhod to‘p uchun ummuman kurashmas, kelgan to‘pni hech kimga uzatmasdan nuqul osmonga tepardi. Hech kim unga bir og‘iz “nima qilyapsan”, — deyishga haddi sig‘masdi. Tan olish kerak, Farhod gavdasiga qaramasdan ancha chaqqon ekan, ammo to‘pni hech kimga oshirmasdan faqat o‘zini ko‘rsatishga urinardi, bu esa bizning zararimizga ishlayotgandi. O‘yin tugashiga atigi 8 daqiqa qolganda, Timur ikkita o‘yinchini birin-ketin aldadi-da, to‘pni Farhodga uzatmasdan o‘zi darvozaga yo‘lladi, to‘p to‘singa tegib, maydonni tark etdi, Farhod unga o‘shqirib ketdi. Timur esa:

— Baribir urolmasding uniyam, — degandi, Farhod ikki hatlab, unga yetib oldi-da:
—Nima deding?, — deya bo‘ynidan oldi. Sinfdoshlarmiz ularni ajratib qo‘yishdi. Farhod alamidan chiqmadi shekilli:
—Yo‘qol, bizning jamoada o‘ynama, — deya unga baqirdi. Titi indamay maydonni tark etib, darvoza ortiga borib o‘tirdi.

Shu payt yuragimning urishini hatto o‘zim eshitib turardim. ”Qani! Qani, men maydonga tushsam edi”. Shu payt Farhodning ko‘zi menga tushdi-da, “Dovdiramasdan tush!”, —deya baqirdi. Bu menga shunaqangi yoqmli eshitildiki. . . Darrov yugurib Titining o‘rnini egalladim. Qalbimda kuchli hayajon… O‘yin esa yana o‘sha alfozda davom etardi. Menga to‘pni oshirishmas, nuqul orqada turgan bo‘lsa ham faqat Farhodga o‘ynashardi. Raqibimiz mening qanotimdan hujumga o‘tdi, to‘g‘risi, sarosima ostida qo‘yib yubordim. Ortidan yugurib yeta olamayotganimni sezdim-da, asta qo‘lini tortgan edim, u ham darrov yiqilib tushdi. Burchak to‘pi uzatiladigan bayroqchaga 5 metrlar yetmasdan raqib jarima zarbasini tepadigan bo‘ldi. Ularing chapaqay o‘yinchisi to‘pning oldiga yaqinlashayotganida e’tibor berib qarasam, hamma o‘yinchilarimiz himoyaga yetib kelibdi. Ularda esa har ehtimolga qarshi ikkita himoyachi o‘z zonasida qolgan edi. To‘p uzatib berildi. Raqibimiz safidagi darozroq yigit to‘pga boshi bilan zarba berdi. Men maydon markazidan kuzatib turarkanman, to‘pga Ibrohim qarab qolganini ko‘rdim. To‘p aylanib, darvozamizning burchagiga tushayotganida, ana hozir o‘tkazib yuboramiz deb turgandim, qayerdandir paydo bo‘lgan Farhod baland sakrab, boshi bilan to‘pni deyarli chiziqdan olib chiqdi. Qaytgan to‘pga chaqqonlik qilgan Abror oldinga qaradi-da, meni ko‘rdi. To‘pni yuqoridan menga uzatdi, shu payt to‘p men tomonga kelardi. Men bir marotaba raqib darvozasi tomonga qarab qo‘ydim. Ikki himoyachidan bittasi men tomon otilib kelayotgandi. Qisqa fursatda to‘pni havoda oyog‘im bilan to‘xtatdim va katta tezlikda oldinga odimladim. Himoyachi menga yuzma-yuz kelguncha yaqinlashdim-da, ununig oyoqlari orasidan to‘pni o‘tkazib, darvozaga katta tezlikda otildim. Ikkinchi ximoyachi ham tezlik bilan yaqinlashardi, men to‘pga sal qattiqroq teginib yubordim, u mo‘ljalimdan ko‘ra oldinlab ketdi. Himoyachi ham, men ham to‘pga kim birinchi tegsa, o‘sha bola vaziyatni foydasiga hal qilishini sezib, chopib kelayotgandik. Men birinchi bo‘lib ulgurdim-da Zidanning fintini ishga solib, o‘ng o‘yog‘imdan chapiga o‘tkazib to‘p bilan aylandim-da raqibimni aldab o‘tdim va to‘pni oldinroq tepib tezlikni oshirdim. Oldinda faqat darvozabon qolgan, darvozagacha taxminan 14 metrcha qolgan edi. Darvozabon ham oldinga yugurib chiqishni boshladi. Men to‘pning tagiga zarb bilan tepdim. To‘p havoga yengil ko‘tarildi-da, parashut uslubida darvozabonning ustidan oshib, darvozaga kirib ketdi!

To‘g‘risi, buning hammasi qandaydir 30 soniyada bo‘lib o‘tdi. Shu payt orqamdan meni kimdir mahkam quchoqlaganini sezdim. Qarasam sinfdoshlarim birin-ketin ustimga chiqar, hammasi baqirib “goooool!” - deya quchoqlashishardi. Men o‘shanda birinchi marta bu zolimlarning ham bola ekanligini his qildim.

Uchrashuv bizning g‘alabamiz bilan tugadi. Maydon atrofidagi tomashabinlar menga qarab allanimalar der, kimdir maqtab qo‘yardi, men esa o‘zimda yo‘q xursandman. Baxtdan uchib ketay deya sinfoshlarimni oldiga borib o‘tirdim. Farhod kelishim bilan:
— Yonimga o‘tir, — dedi.
Sekin yoniga kelib o‘tirdim. U:
— Chakkimassan Geniy, chakkimas, — deya yelkamga shapatiladi.
Munkib ketdim. Hamma kulib yubordi. To‘g‘risi o‘zim ham kuldim. G‘ani terak xirildoq ovozi bilan:
— Ja, Maradona bo‘lib ketding-ku, Geniy. Vaqtliroq qayerda eding, – degandi,  Farhod uni gapini shartta bo‘ldi.
— Katta xolangnikida edi, sal qolsa seni xatoingni deb yutqazib qo‘yar edik, e, merov, — deya unga tanbeh berdi.

Men Abrorga qarata:
— Vaqtida oshirdingda, bo‘lmasa ulgurmasdim, — dedim.
U esa kerilib:
— Akang qarag‘ay futbol o‘ynashga tug‘ilganda o‘zi. Men jamoamizning naq yuragiman, — deb ulgurmasdan Farhodning o‘ziga qarab turganini sezdi shekilli, — e, yo‘g‘e, yuragining o‘ng tomoniman, — deya jumlani hazilga burib yubordi. Shu gaplarning ustiga ustozimiz kelib qoldi. U ham xuddi yosh bolalardek oldimizga cho‘kkalab o‘tirdida,bizga tabriknamo ohangda:
— Obbo shovvozlarey, tabriklayman. Bu hayotingizdagi birinchi g‘alaba. Hech ham yutqazmanglar, omad sizlarga, —deb qoshini tepaga qilib peshonasini tirishtirib jilmaydi.
— O‘yin tahliliga kelsak, bugun jamoada eng yaxshi o‘ynagan Farhod bo‘ldi, — deya uni yelkasini qoqib qo‘ydi. Farhod hissiz tarzda uning gaplarini eshitib o‘tirarkan, indamadi. Ustozimiz o‘rnidan turdi-da, — keyingi raqibimiz kuchli bo‘ladi, agar jamoaviy o‘yin ko‘rsatmasanglar, yirik hisobda yutqazasizlar, — deya bizdan nari ketdi. Farhod “e!”, deya qo‘l siltadi.

— Ularni yutsak finaldamiz. Menimcha, finalda “G”lar bilan o‘ynasak kerak. O‘tgan yili ham ularga yutqazgandik. Shu payt Abror gapga aralashdi.
— Endi o‘ziyam naqd 4 tasi “Bunyodkor”da o‘ynaydi-da ularni, deya maqtadi. Gapga Mirsodiq aralashdi.
— Ularga kamida 10:0 ga yutqazsak kerak. Ayniqsa Kicha juda boshqacha o‘ynaydida. Men qiziqsinib so‘radim. Kicha — kim? Hamiz degan bola — dedi Ixtiyor sovuqqonlik bilan, — u maktabimiz termasi sardori, olifta bola. Men hech nimani o‘ylamasdim. O‘sha kuni sinfdoshlarim bilan ilk marotaba iliq xayrlashdim. O‘sha golimni haligacha tushlarimda ko‘raman… Balki bu sizga kulgili ko‘rinar. Lekin shunaqa, bu gol mening o‘z kuchimga ishonch bergan, hayotimni tubdan o‘zgartirgan gol edi.

Yahyoxo‘ja ULUG‘XO‘JAYEV

Davomi bor.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 07:40, 09.04.2018.
O'qildi: 4101 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.