Yevropa chempionlar ligasining 1/4 final javob uchrashuvlari doirasidagi «Roma» va «Barselona» uchrashuviga (3:0) O‘zbekistondan ham muxlislar tashrif buyurdi.
Huquqshunos Xushnud Xudoyberdiyev tarixiy uchrashuvning tarixiy vaziyatlaridan biri — Daniele De Rossining penalti tepayotgan vaziyatida tribunani suratga oldi. Hali yana bir gol kiritishini bilmagan muxlislarning jamoa sardorining kiritgan goliga munosabatini quyidagi video orqali tomosha qilishingiz mumkin.