Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

Superliga: Olmaliqda yana hisob ochilmadi

Superliga: Olmaliqda yana hisob ochilmadi

Baho:
+ | -

Mavsumdagi safardagi beshinchi uchrashuvini o‘tkazgan jamoamiz bu safar – AGMK mehmoni bo‘ldi. Ushbu bahsga bo‘lgan qiziqish yuqori edi. Boisi har ikki jamoa so‘nggi turlarni yaxshi o‘tkazishgandi.

Uchrashuvni futbolchilarimiz faollik bilan boshlashdi. 2-daqiqada maydon egalari Darko Gojkovichga nisbatan qo‘pollik ishlatishdi. Natijada vakillarimiz jarima zarbasiga ega bo‘lishdi. Biroq Spremoning zarbasini mezbonlar posboni qaytarishga erishdi.

Birinchi bo‘limning ko‘p qismi bizning ustunligimizda o‘tdi. Futbolchilarimiz ketma-ket hujumlar tashkil etishdi. Lekin ulardan foydalana olishmadi.

34-daqiqada mezbonlar gol urishgan edi. Hakam ofsayd qayd etdi. Oradan bir daqiqa o‘tib, jamoamizni darvoza ustuni goldan asrab qoldi. Taym so‘nggida maydon egalari ancha jonlanishdi va ketma-ket hujum uyushtirishdi.  Biroq tanaffusga jamoalar hisob ochilmagan holda chiqib ketishdi.

Ikkinchi bo‘limni maydonga egalari hujumkor ruhda boshlashdi. 54-daqiqada AGMK futbolchilari jarima to‘pi tepish huquqiga ega bo‘lishdi. Lutfullo To‘rayev zarbasini darvozabonimiz mahorat bilan bartaraf etdi. 60-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan Muhammadanas Hasanov ajoyib reyd uyushtirdi. Biroq hujumning yakuniy qismi samarasiz chiqdi.

66-daqiqada hisobni ochishga juda yaqin kelgan edik. So‘nggi pallada mezbon himoyachisi to‘pni jarima maydonchasidan uzoqlashtirdi. Bu vaziyatda Berdiyev-Merzlyakov-Otaqo‘ziyev ijrosida chiroyli kombinasiya tashkil etildi.

68-daqiqada endi mezbonlar o‘yinchisi Xurshid Muxtorovda yaxshi imkoniyat bo‘lgan edi. Yaxshiyamki, u yuzaga kelgan vaziyatdan foydalana olmadi.

O‘yin yakuniga qadar har ikki jamoada hisobni ochish uchun bir qator imkoniyatlar bo‘ldi. Ammo vaziyatlardan samarali foydalana olmaslik natijasida xuddi o‘tgan yil

Olmaliqda o‘tkazilgan o‘yinda bo‘lgani kabi 0:0 hisobi qayd etildi. Shu tariqa, jamoamizning to‘plagan ochkolari 8 taga yetdi.

Ushbu uchrashuvda bosh murabbiymiz bir qator yetakchi futbolchilarga dam berganini ta’kidlash joiz. Bundan tashqari, yosh futbolchimiz Doston Meliqo‘ziyev bugun superligadagi debyut uchrashuvida maydonga tushdi.

Endi futbolchilarimiz 7-turni o‘z maydonlarida “Nasaf” jamoasiga qarshi o‘tkazishadi. Mazkur o‘yin 21 aprel kuni bo‘lib o‘tadi.

SUPERLIGA. 6-TUR

AGMK – “QO‘QON-1912” – 0:0.

Hakamlar: SH.Qosimov (Toshkent), A.Usmonov (Toshkent), A.Kalinin (Qarshi), A. Najafaliyev (Toshkent).

Nazoratchi – A. Abdullayev (Toshkent).

Komissar – R.CHernikov.

AGMK: 33. Pavel Matyash, 2. Abduqahhor Hojiakbarov, 4. Xurshid Muxtorov, 10. Shohnazar Norbekov, 13. Lutfulla To‘rayev, 15. Vladimir Bubanya, 19. Vladislav Kosminin, 21. G‘ulomhaydar G‘ulomov, 23. Yovan Jokich, 24. Javlon Guseynov, 87. Vadim Chemirtan (17. Kamoliddin Murzoyev-87).

Zaxira: 12. Roman Abdulov, 5. Dilshod Jo‘rayev, 7. Sanjar Rixsiboyev, 8. Muzaffar Muzaffarov, 18. Qahramon Bahodirov, 20. Ibrohim No‘’monov, 22. Abdumalik Abdullayev, 77. Otabek Zokirov.

Qo‘qon-1912: 1. O‘tkir Yusupov, 5. G‘iyos Komilov, 7. Jamshid Hasanov, 9. Nosir Otaqo‘ziyev, 10. Javohir Sidiqov (15. Oybek Rustamov-55), 17. Quvondiq Ro‘ziyev (38. Doston Meliqo‘ziyev-90), 19. Suhrob Berdiyev, 23. Aleksandr Merzlyakov, 55. Darko Gojkovich, 65. Marko Milich, 95. Milan Spremo (96. Muhammadanas Hasanov-57).

Zaxira: 21. Muzaffar Abdullayev, 14. Avaz Mamatxo‘jayev, 22. Murod Xolmuhammedov, 29. Igor Taran.

Manba: www.kokan1912.uz
Kiritildi: 20:25, 12.04.2018.
O'qildi: 2540 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.