Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Rodolfa Arrauabarrena: “Bor e’tiborimiz bo‘lajak o‘yinlarga qaratilgan”

Rodolfa Arrauabarrena: “Bor e’tiborimiz bo‘lajak o‘yinlarga qaratilgan”

Baho:
+ | -

Bo‘lajak “Al Vasl” – “Nasaf” uchrashuvi oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanining navbatdagi qismida “Al Wasl” klubi bosh murabbiyi Rodolfa Arrauabarrena va jamoaning 15-raqamdagi yarim himoyachisi Abdulla Al Naqbi ishtirok etishdi.

Rodolfa Arrauabarrena:- Biz ertaga “Nasaf” jamoasi bilan ikkinchi o‘zaro uchrashuvda maydonga tushamiz. Raqibimizning qanday kuchga ega ekanligini yaxshi bilamiz. Shubhasiz, raqibimiz ertaga ham uch ochko uchun o‘ynaydi. Ammo biz ham ertaga o‘zimizning dastlabki uch ochkomizni qo‘lga kiritish uchun maydonga tushamiz.

Biz keyingi vaqtlarda boshqa jamolarga nisbatan ko‘proq o‘yinlar o‘tkazayapmiz. Bu orqali albatta futbolchilarimizda toliqish bo‘ladi. Shuningdek tarkibimizda yo‘qotishlar ham bor. Ertaga bizga yarim himoyachimiz Humaid Abbos jarohati tufayli yordam bera olmaydi. Qolgan futbolchilarimiz o‘yinga tayyor. Biz bu yilgi OCHL musobaqasida kerakli natijaga erisha olmadik. Chunki, jamoamizda boshqa amirlik klublarida bo‘lgani kabi kuchli futbolchilar kam. Chempionat yakunlanishiga ham oz fursat qolmoqda. Oldimizda “Hatta" jamoasi bilan muhim uchrashuv ham kutib turibdi. Endi bor e’tiborimiz bahga qaratilgan. Bu uchrashuvga ham kuchimizni tejashga majburmiz. Uchrashuvda g‘alaba qozonib, uchinchi o‘rinni egallashimiz zarur. Bu bilan biz kelasi yilgi OCHL yo‘llanmasini ham qo‘lga kiritish niyatidamiz.

Abdulla Al Naqbi: - OCHL musobaqasidagi bu yilgi ishtirokimiz bizning yosh futbolchilarimiz uchun katta tajriba maktabi bo‘ldi. O‘tgan besh uchrashuvda ham kerakli natijaga erisha olmadik. Chunki biz guruhda Osiyoning eng kuchli klublari bilan birga kurashdik. Biz uchun ertaga bo‘ladigan o‘yin misli finaldek bo‘ladi. Chunki, bizda ertaga ochko ishlash uchun so‘nggi imkoniyat bor. Shu maqsadda ertaga maydonga tushamiz.

 

 

 

 

Manba: fc-nasaf.uz
Kiritildi: 16:48, 15.04.2018.
O'qildi: 2981 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.