Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli 2-1 Lechche
14/03 22:30 Chelsi 0-1 Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal 2-0 Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo 1-0 Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna

«Andijon»: «Burgutlar»ning yuksalayotgan parvozi

«Andijon»: «Burgutlar»ning yuksalayotgan parvozi

Baho:
+ | -2

O‘zbekiston Kubogi 1\16 final bosqichi doirasidagi markaziy uchrashuv shubhasiz Andijondagi “Sog‘lom avlod” stadioni bo‘lib o‘tdi. Muxlislar 15 aprel oqshomida vodiy derbisi nomi ostidagi “Andijon” hamda “Navbahor” jamoalari ishtirokidagi shiddatli o‘yin guvohiga aylandilar.

Oldindan kutilganidek, ushbu o‘yin juda keskin va murosasiz tarzda bo‘lib o‘tdi.

Garchi “Andijon” pro-ligada qatnashayotgan bo‘lsa-da, Superligadagi raqibiga qarshi mardonavor o‘yin ko‘rsatgani bilan ko‘pchilikning e’tiborini qozona oldi.

Ma’lumki, oldingi yillardagi kabi Kubok bellashuvlari uy va safar tizimida emas, balki bu yildan boshlab g‘olib jamoa nomi faqat bitta o‘yinda aniqlanadi. Shu ma’noda aytganda ham ushbu o‘yinga bo‘lgan qiziqish yanada kuchli bo‘ldi.

O‘yin taqdirini esa 78-daqiqada Nodir Mavlonovning jarima zarbasidan kiritgan ajoyib goli hal qildi. O‘sha vaziyatda hujumchi Davron Isoqovga nisbatan Aziz Turg‘unboyev qo‘pollik ishlatgani uchun bosh hakam jarima zarbasini belgiladi.

Mavlonov esa taxminan 25 metr uzoqlikdan to‘pni qoyilmaqom tarzda Akbar To‘rayev qo‘riqlayotgan darvozaning pastki o‘ng burchagiga aniq joylab qo‘ydi. Ushbu goldan ko‘p o‘tmasdan “Navbahor” darvozaboni Akbar To‘rayev va sardori Dilshod Jabborovning o‘zaro tushunmovchiligidan Sunnat Mamadaliyev unumli foydalanishi mumkin edi.

Ammo yarim himoyachi bo‘sh qolgan darvozani ishg‘ol eta olmadi. So‘nggi pallada zarba yo‘liga Mirzohid G‘ofurov to‘g‘anoq bo‘ldi. Umuman olganda, namanganliklar ham xavfli hujumlar uyushtirishdi. Ammo imkoniyatlardan foydalanishda ularga sovuqqonlik yetishmadi.

“Andijon” futbolchilari esa bosh murabbiy Eldor Sakayevning ko‘rsatmasi asosida o‘yin namoyish etgani uchun ham muxlislarini xursand qila oldi.

E’tiborlisi, pro-liganing dastlabki ikkita turida ishonchli g‘alabalarga erishgan holda o‘z darvozasi dahlsizligini saqlab kelayotgandi va bu yoqimli an’anani “Navbahor”ga qarish o‘yinda ham davom ettirdilar.

Shu tariqa, “Andijon” O‘zbekiston Kubogining 1\8 final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. “Burgutlar”ning yuksalayotgan parvozi bardavom bo‘lsin.

“Andijon” – “Navbahor” – 1:0 (0:0).

15 aprel. Andijon. «Sog‘lom avlod» stadioni, 6100 tomoshabin.

Gol: N.Mavlonov, 78 – 1:0.

Hakamlar: A.SHukurullayev, R.SHoaxmetov, N.Afinogenov.

Nazoratchi: A.Hotamov.

Komissar: M.Saidqosimov.

“Andijon: A.Ortiqov, S.Hamroyev, I.Mamatkazin, M.Zokirjonov (S.Abdullajonov, 67), I.Otaxonov, S.Mamadaliyev, E.Boymatov, L.Ubaydullayev, O.Hakimov, SH.Jumaboyev (N.Mavlonov, 67), H.SHokirov (D.Isoqov, 46).

“Navbahor”: A.To‘rayev, D.Stanoyevich (S.Sulaymonov, 54),T.Payovich, D.Hoshimov, M.G‘ofurov, O.O‘runov (A.No‘’monov, 36), D.Jabborov, Z.Pirimov (B.Sa’dilloyev, 82), A.Aliyev, A.Turg‘unboyev, A.Allaniyozov (N.Inyas, 54).

Ogohlantirishlar: A.Turg‘unboyev, 35. D.Stanoyevich, 49. N.Inyas, 76. D.Isoqov, 83.

«Andijon» matbuot xizmati.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 03:03, 16.04.2018.
O'qildi: 3590 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.