Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/01 00:45 Verona 1-3 Udineze
27/01 01:00 Jirona 1-1 Xetafe
27/01 01:00 Everton 1-1 Lids
27/01 11:00 Tailand 2-0 Livan
27/01 13:00 Iroq 4-2 Qirg‘iziston
27/01 13:00 Vyetnam 5-4 Kuvayt
27/01 13:00 Yaponiya - Avstraliya
27/01 15:00 Eron - Malayziya
27/01 17:00 Indoneziya 5-0 Janubiy Koreya
27/01 17:00 O‘zbekiston - Tojikiston
28/01 11:00 Afg‘oniston - Saudiya Arabistoni

Bolgariyadagi Xalqaro musobaqada Samarqandning BO‘SM-2 jamoasi 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi

Bolgariyadagi Xalqaro musobaqada Samarqandning BO‘SM-2 jamoasi 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

2018 yilning 4-9 aprel kunlari Bolgariya Respublikasining «Samokov» va «Boroves» dam olish maskanlari sport bazasida «Boroves Samokov 2018» futbol musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Musobaqaga Yevropa va Osiyo mintaqalarining professional futbol klublariga qarashli futbol maktablari hamda Bolalar va o‘smirlar sport maktablari tarbiyalanuvchilari jalb etildi.

Musobaqa reglamentiga ko‘ra o‘yinlar 4 ta yosh toifasiga bo‘lingan holda tashkil qilindi. Ushbu musobaqada yurtimizning “Spartak” futbol maktabi va Samarqandning “BO‘SM-2”  jamoalarining 2007 yilda tug‘ilgan futbolchilari ishtirok etishdi.

Ulardan tashqari, musobaqada “Ripsli Sportis”, “Marek”, “Metal”, “Rozova Dolina”, “Rila” (barchasi Bolgariya) hamda “Winner” (Kosovo) jamoalari qatnashdi.

Turnirda Umidjon Xatamov boshchiligidagi Samarqandning “BO‘SM-2” jamoasi  muvaffaqiyatli ishtirok etib, 3-o‘rin uchun o‘tkazilgan bahsda Kosovoning “Winner” jamoasini 7-1 hisobida mag‘lub etdi hamda faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi. 

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 13:56, 16.04.2018.
O'qildi: 1501 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.