Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/02 01:00 PSJ 2-2 Monako
26/02 01:00 Real Madrid 2-1 Benfika
26/02 01:00 Yuventus 3-2 Galatasaroy
28/02 00:45 Parma - Kalyari
28/02 01:00 Levante - Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton - Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut - Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano - Atletik Bilbao
28/02 19:00 Komo - Lechche
28/02 20:00 Brayton - Nottingem Forest
28/02 20:00 Byornli - Brentford
28/02 20:00 Liverpul - Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl - Everton
28/02 20:15 Barselona - Vilyarreal
28/02 22:00 Verona - Napoli
28/02 22:30 Malyorka - Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids - Manchester Siti

“Krasnodar” klubi mas’ullari hamkorlikni davom ettirishni taklif etishdi

“Krasnodar” klubi mas’ullari hamkorlikni davom ettirishni taklif etishdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Ayni damda Rossiyaning Krasnodar shahrida Superliga matbuot kotiblari “Krasnodar” futbol klubi bilan hamkorlik asosida ilmiy-nazariy seminarda ishtirok etayotgani haqida avvalroq xabar berilgan edi.

Seminarning ikkinchi kunida matbuot kotiblar bevosita “Krasnodar” hamda Tulaning “Arsenal” klublari o‘rtasidagi Premyer-liga uchrashuvini bevosita stadiondan tomosha qilishdi va ushbu uchrashuvda “Krasnodar” klubi tomonidan tashkil etilgan barcha media jarayonlarni o‘rganishdi, mazkur jarayonlarda bevosita ishtirok etishdi. Ushbu uchrashuvda klub matbuot xizmati tomonidan amalda qo‘llanilgan ishlar bo‘yicha katta tajriba orttirildi.

Ta’kidlash lozim, uchrashuv davomida barcha turdagi OAV uchun klub tomonidan katta sharoitlar yaratilgan va barcha tashkiliy ishlar, media jarayonlar yuqori saviyada tashkil etilgan. Bu kabi uchrashuvlar va seminarlar orqali klub matbuot kotiblari o‘z tajriba va malakalarini orttirishlari, tajribalarini chempionat uchrashuvlarida amalda qo‘llashlari mumkin.

Ushbu seminar davomida “Krasnodar” futbol klubi mas’ullari keyinchalik ham bu kabi seminar va uchrashuvlar tashkil etish maqsadida O‘zPFL bilan hamkorlik qilishga tayyor ekanini bildirishdi.

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 10:30, 17.04.2018.
O'qildi: 2524 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.