Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma 1-0 Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest 1-2 Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche 0-3 Komo
27/12 19:00 Torino 1-2 Kalyari
27/12 20:00 Arsenal 2-1 Brayton
27/12 20:00 Brentford 4-1 Bornmut
27/12 20:00 Byornli 0-0 Everton
27/12 20:00 Liverpul 2-1 Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem 0-1 Fulhem
27/12 22:00 Udineze 1-1 Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo
29/12 00:45 Atalanta - Inter

Umid Ahmadjonov Xitoy Xalq Respublikasining mamlakatimizdagi favqulotda va muxtor elchisi bilan uchrashdi

Umid Ahmadjonov Xitoy Xalq Respublikasining mamlakatimizdagi favqulotda va muxtor elchisi bilan uchrashdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Sir emaski, bugungi kunda yurtimizda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, uni aholi orasida keng targ‘ib qilish bo‘yicha keng ko‘lamdagi ishlar olib borilmoqda.

Olimpiya o‘yinlarida, nufuzli xalqaro musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etib, munosib natijalar qayd etish yo‘lida jahonning yetakchi sport mamlakatlari tajribasini o‘rganib, uni amalda tatbiq etish ham Milliy olimpiya qo‘mitasining asosiy vazifalardan biri hisoblanadi. Bu borada Xitoy Xalq Respublikasining sportdagi ilg‘or tajribasi o‘rnak bo‘la oladi desak yanglishmagan bo‘lamiz.

Bugun, 19 aprel kuni Milliy olimpiya qo‘mitasi Prezidenti Umid Ahmadjonov Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi favqulotda va muxtor elchisi Szyan Yan honim bilan uchrashdi.

Milliy olimpiya qo‘mitasi rahbari uchrashuv avvalida Xitoy Xalq Respublikasi sport sohasida dunyoning eng qudratli mamlakatlaridan biri ekanligi, mamlakatdan suzish, yengil atletika, stol tennisi, velosport, sport o‘yinlari kabi turlarda o‘rganadigan jihatlar ko‘p ekanligini, bu yo‘nalishlarda tajriba almashish o‘zbek sporti uchun faqat va faqat foyda bo‘lishini aytib o‘tdi.

O‘z navbatida elchi honim tashkil qilingan uchrashuv uchun Umid Ahmadjonovga minnatdorchilik bildirib o‘tdi.

«Avvalo, vaqt ajratib biz bilan uchrashganingiz uchun rahmat. Xitoy nafaqat siz qayd etib o‘tgan sport turlari bo‘yicha, balki yirik kompleks musobaqalar, jumladan Olimpiya va Osiyo o‘yinlarini o‘tkazish masalasida boy tajribaga ega.

Shuni aytib o‘tishni istardimki, O‘zbekiston ba’zi sport turlarida Xitoydan ham kuchli. Masalan, 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilaringiz Xitoyda o‘tkazilgan Osiyo chempionatida oltin medallarni qo‘lga kiritishdi. Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi nafaqat qit’ada, balki butun jahonda yetakchilik qilmoqda. Biz ham bu borada sizlardan ko‘p narsa o‘rganishimiz mumkin bo‘ladi.

Qolaversa, sport sohasida sizning boy tajribangiz borligidan xabarimiz bor. Boshqaruvingizda o‘zbekistonlik paralimpiyachilar Riodagi Paralimpiya o‘yinlarida qanday olamshumul natijalar qayd etganini yaxshi bilamiz. Ishonamizki, siz Milliy olimpiya qo‘mitasi rahbarligida ham yuksak natijalarga erisha olasiz», – dedi elchi Szyan Yan.

Uchrashuv davomida Umid Ahmadjonov kelasi oyda Xitoyga tashrif buyurish rejasi bor ekanligini, mamlakat Milliy olimpiya qo‘mitasi bilan hamkorlik o‘rnatish, Olimpiya harakati va sportni rivojlantirish uchun Xitoydan malakali maslahatchi murabbiylar taklif qilish istagida ekanligini ma’lum qildi.

Mehmon bugungi kunda amalga oshirilayotgan ishlar kelajakda albatta o‘z mevasini berishini aytib o‘tdi.

«Mamlakatingiz rahbari sportni rivojlantirish uchun keng ko‘lamda islohotlarni amalga oshirmoqda. Bu harakatlar, qolaversa sportchilarning munosib rag‘batlantirilishi kelajakda ulkan natijalar uchun katta turtki bo‘ladi», – dedi elchi honim.

Uchrashuv yakunida Umid Ahmadjonov Milliy olimpiya qo‘mitasi nomidan mehmonga esdalik sovg‘ala rini topshirdi.

Keyin esa tomonlar Milliy olimpiya qo‘mitasi muzeyini tomosha qilishdi. Tadbir nihoyasida Milliy olimpiya qo‘mitasi rahbari shuningdek, OAV xodimlariga intervyu berdi.

Manba: www.the-uff.com
Kiritildi: 19:04, 19.04.2018.
O'qildi: 1890 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.