Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

“Dinamo” — “Mash’al” o‘yini borasida PFL bayonoti

“Dinamo” — “Mash’al” o‘yini borasida PFL bayonoti

Baho:
+ | -

Samarqandning “Dinamo” klubi 20 aprel sanasida bir emas ikkita o‘yin o‘tkazayotgani masalasida bir qator tushunmovchiliklar bor ekanidan kelib chiqib, Professional futbol ligasi o‘z pozisiyasini tushuntiradi.

20 aprel sanasiga tayin qilingan “Dinamo” — “Mash’al” uchrashuvini boshqa kunga surishni so‘rab PFL Samarqand viloyati hokimiyatidan xat qabul qilib oldi, “Dinamo” futbol klubidan emas. Shunga ko‘ra, PFL Samarqand viloyati hokimiyatiga rasmiy javob xati yozib, rasmiy o‘yinni boshqa sanaga qoldira olmasligini tushuntirdi va o‘rtoqlik uchrashuvini taqvimdan bo‘sh vaqtda o‘tkazishni tavsiya qildi.

Keyin esa “Mash’al”ga qarshi uchrashuv PFL tomonidan “Dinamo”ning so‘rovidan kelib chiqib, 20:00 ga tayin qilindi. “Mash’al” futbol klubi ham bundan xabardor etildi. Shuningdek, muboraklik futbolchilar o‘yinoldi mashg‘ulotlari va boshqa tadbirlarni o‘tkazib olishlari uchun odatga ko‘ra sharoit yaratib berilishi vazifasi “Dinamo”ga yuklatildi. Unga qadar PFL komissari uchrashuvni boshlash uchun ruxsat bermagan.

PFL o‘rtoqlik o‘yinlaridan kelib chiqib, Superliga yoki Pro-Liga o‘yinlari sanasini surishni rejalashtirmagan. 2018 yilgi mavsumda taqvim anchagina zich ekanidan kelib chiqilsa, birgina o‘yinning surilishi holatga o‘zining salbiy ta’sirini ko‘rsatishi mumkin. Shuningdek, PFL bir kunda 2 ta uchrashuv o‘tkazish futbolchilar salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin degan fikrni qo‘llab-quvvatlaydi. Bu holatni “Dinamo” rahbariyati ham tushunib, har ikki uchrashuvga aralash tarkibni tashlashi borasida PFL komissariga tushuntirish bergan. Qolaversa, Pro-Liga o‘yinlarida 5 nafargacha futbolchini almashtirish uchun imkoniyat taqdim etilgan.  

“Dinamo” musobaqalarni o‘tkazish reglamentini buzmaslik choralarini ko‘rib, “Xo‘jand” futbol klubiga qarshi uchrashuvning har bir taymi 35 daqiqadan o‘tishini rejalashtirgan.

Professional futbol ligasi va O‘zbekiston futbol assosiasiyasi Tojikiston bilan iliq aloqalar yo‘lga qo‘yilayotganini qadrlaydi. O‘FA birinchi vise-prezidenti Umid Ahmadjonov hamda Tojikiston futbol federasiyasi prezidenti Rustam Emomali o‘rtasida yaqindagina Dushanbeda uchrashuv o‘tkazilgan bo‘lib, unda ikki tomon o‘zaro hamkorlikda faoliyat olib borishi kelishib olgani bunga misol bo‘lishi mumkin. Ammo rasmiy uchrashuvlar sanasining o‘zgarmasligi maqsadga muvofiqdir. Qolgan kunlarda esa qo‘shni mamlakat jamoalari bilan kelishuvlarni bemalol amalga oshirish mumkin.

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 01:54, 21.04.2018.
O'qildi: 2754 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.