"Barselona" yarimhimoyachisi Andresa Inyestaning otasi Xose Antoio o‘g‘lining kelajagi borasida fikr bildirdi.
"U qiyin qaror ostonasida turibdi. Agar u ketishni ma’qul ko‘rsa, buni hurmat qilish kerak.
O‘ylashimcha, hozir bu oddiy bo‘lmagan qadam uchun eng qulay payt. U kelasi haftdada qarorini e’lon qiladi.
U Ispaniya kubogi finalida birinchi golini urdi, bu zo‘r. Hozir, o‘yin tugaganidan so‘ng, u xotirjam. O‘g‘lim zo‘r o‘ynadi va o‘z uslubida harakat qildi", - deydi futbolchining otasi.