Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/09 00:00 Real Madrid 4-1 Espanyol
22/09 15:30 Fiorentina 2-1 Lasio
22/09 17:00 Xetafe 1-1 Leganes
22/09 17:30 Marokash 1-4 Portugaliya
22/09 17:30 Panama 8-3 Tojikiston
22/09 18:00 Brayton 2-2 Nottingem Forest
22/09 18:00 Monsa 1-2 Bolonya
22/09 19:15 Atletik Bilbao 3-1 Selta
22/09 19:30 Surxon 0-1 Bunyodkor
22/09 20:00 Fransiya 1-4 Eron
22/09 20:00 Venesuela 7-3 Gvatemala
22/09 20:30 Manchester Siti 2-2 Arsenal
22/09 21:00 Roma 3-0 Udineze
22/09 21:30 Vilyarreal 1-5 Barselona
22/09 23:45 Inter - Milan
23/09 00:00 Rayo Valyekano - Atletiko
23/09 23:45 Atalanta - Komo
24/09 00:00 Betis - Malyorka
24/09 22:00 Valensiya - Osasuna
24/09 22:00 Sevilya - Valyadolid
25/09 00:00 Real Madrid - Alaves

«Shahar»da katta bayram yoxud «Man Siti» futbolchilari va murabbiyga baho berish vaqti

«Shahar»da katta bayram yoxud «Man Siti» futbolchilari va murabbiyga baho berish vaqti

Baho:
+-1 | -

«Manchester Siti» muddatidan avval Angliya chempionligini qo‘lga kiritdi. Shunday ekan, oltin medallarni qo‘lga kiritgan futbolchilar va murabbiyga baho berish vaqti yetdi.

Darvozabonlar: Klaudio Bravo, Ederson

Mavsum Ederson uchun yaxshi o‘tdi, desak bo‘ladi. U 33ta o‘yinda 25 to‘p o‘tkazib yubordi. Chililik Klaudio Bravo esa mavsum davomida bir marta maydonga tushdi, xolos.

U ham bo‘lsa, 45 daqiqaga. Sentyabrda «Liverpul»ga (5:0) qarshi uchrashuvning ikkinchi bo‘limida Gvardiola unga imkoniyat bergandi. O‘shanda hisob 1:0 bo‘lib turgandi va Bravoga aytarli ish topilmagan.

Himoyachilar: Fabian Delf, Nikolas Otamendi, Kayl Uoker, Aleksandr Zinchenko, Vensan Kompani, Emerik Lyaport, Jon Stounz, Danilo, Benjamen Mendi.

Yozda «Manchester Siti» himoya chizig‘ini mustahkamlash uchun deyarli 140 million yevro sarfladi. Bu pullarga Mendi (57,5 mln. - «Monako»), Uoker (51 mln. - «Tottenxem») va Danilo (30 mln. - «Real») xarid qilindi. Qishki transferlar bozori paytida esa 200 millionlik marra zabt etildi.

Chunki «Atletik»dan Lyaportni 65 million yevro evaziga sotib olindi. Umuman olganda, harid qilinganlardan faqatgina Uoker to‘liq ishonchni oqladi, deyishimiz mumkin. U o‘ng qanot himoyasida tengsiz bo‘ldi.

Chap qanotda esa mavsum davomida muammolar ko‘zga tashlanib turdi. Dastlabki uchrashuvlarni ajoyib tarzda o‘tkazgan Mendi sentyabr oyi-dayoq tizzasidan jiddiy jarohat olib, uzoq muddatga safdan chiqdi. U endigina jarohatidan forig‘ bo‘ldi va shu kunlarda maydonga tushadi.

Uning yo‘qligida Delf o‘zini ko‘rsatdi. Lekin u ham ko‘p vaziyatlarda raqiblarni o‘tkazib yubordi. Bunday holatda uning o‘rnini Zinchenko bosdi. Umuman olganda, ukrainalik futbolchining o‘yinlariga Britaniya matbuoti yuqori baho berdi. Agar kelgusi mavsumda Gvardiola o‘rta chiziqqa olmasa, chap qanot uch futbolchiga torlik qilishi mumkin.

Matbuotda markaziy himoyachi Otamendini birinchi pas berishda sustkashlikka yo‘l qo‘yi-shi uchun ko‘p tanqid qilishadi. Vaholanki, Gvardiola jamoasida «tiki-taka»ga usta himoyachilar juda muhim hisoblanadi.

Shuningdek, Kompani ham mavsumni yuqori saviyada o‘tkazdi. Lyaport qishda kelgani uchun ham hozircha o‘zini ko‘rsata olmadi. Stounz iqtidorli bo‘lsada, barqarorlikka erisholmayapti.

Yarim himoyachilar: Kevin De Bryuyne, Rahim Sterling, David Silva, Leroy Sane, Fernandinyo, Bernardo Silva, Ilkay Gyundogan, Yaya Ture, Braim Dias.

«Siti»ning o‘yini markaziy chiziqda to‘pni nazorat qilishga asoslangan. Bu borada Gvardiola qo‘l ostida De Bryuyne, Sterling, Sane, David Silva kabi yuqori saviyadagi ijrochilar bor.

Ilkay Gyundogan va Bernardo Silvalar hafa bo‘lishmasinu, ularning chempionlikdagi hizmatlari yuqoridagi futbolchilarnikidek ko‘p emas. Shuningdek, ikkisi bir bo‘lib 10ta o‘yinda zaxiradan maydonga tushgan Yaya Ture va Braim Diaslar haqida ham shunday deyish mumkin.

«Shaharliklar» tarkibidagi eng yaxshi o‘yinchi, shubhasiz De Bryuyne bo‘ldi. Shu bilan birga u APLning eng yaxshi assistentiga aylandi. Sane va Sterling birgalikda gol+pas tizimi bo‘yicha 46 ochko ishlashga muvaffaq bo‘lishdi.

32 yoshli David Silva ham keragicha o‘z hissasini qo‘shdi. Uning tengquri bo‘lgan Fernandinyo esa maydon markazini «betonlab» tashladi.

Hujumchilar: DAVOMI

InterFutbol.uz ning Telegram dagi sahifasiga ulaning – eng so‘nggi yangiliklar, qiziqarli bloglar va tahliliy materiallar endi bir to‘plamda.

Manba: www.interfutbol.uz
Kiritildi: 21:04, 23.04.2018.
O'qildi: 6152 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.