Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/05 00:00 Espanyol 0-2 Real Madrid
04/05 19:00 Xorazm 0-3 Andijon
04/05 19:00 Lokomotiv 1-0 Qizilqum
04/05 19:00 Chelsi 1-3 Nottingem Forest
04/05 20:00 Nasaf 0-0 Navbahor
04/05 21:30 Cremonese - Lasio
04/05 23:45 Roma - Fiorentina
05/05 00:00 Everton - Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya - Real Sosyedad

Kroos «Real»ning omad siri nimada ekanligini aytdi

Kroos «Real»ning omad siri nimada ekanligini aytdi

Baho:
+ | -

“Real” klubi yarim himoyachisi Toni Kroos “Bavariya”ga qarshi bo‘lib o‘tadigan o‘yin haqida fikrlarini bildirib o‘tdi.
“Evropa chempionlar ligasi sovrinini sotib olib bo‘lmaydi. Sotib olib bo‘lganda ham “Real” ikki marta chempion bo‘lmas edi. Bizda yuqori saviyada to‘p sura oladigan futbolchilar ko‘p.

Bir-birimizni yaxshi tushunamiz. Omadimizning siri ham ana shunda. Barcha umidlarimiz shu turnirdan.

Ikki yil oldin biz huddi shunday vaziyatda edik. O‘shanda biz maqsadimizga erisha olgandik. Asosiy maqsadimiz Chempionlar ligasini uchinchi marta qo‘lga kiritish.

“Bavariya”ga kelsak, ular ajoyib jismoniy holatda, boshqa hech qanday xavfli taraf ko‘rmayapman. Ular Bundesligada erta chempion bo‘lishdi.

Menimcha, “Bavariya” o‘tgan mavsumga karaganda, joriy mavsum yaxshi o‘yin namoyish qilyapti. Ikki jamoaning maqsadi bir.

Jamoadoshlarim chempionlar ligasida umuman boshqa insonga aylanishadi. Ahir biz chempionlarmiz. Bizni butun dunyo kuzatadi. Bu o‘yinda g‘alabaga tashna ekanligimizni ko‘rsatish kerak. Ammo, “Bavariya” ham biz kabi g‘alabaga tashna”, - deydi Kroos.                                                                                                                        

Manba: sports.ru
Kiritildi: 03:07, 25.04.2018.
O'qildi: 7440 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик