Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/03 01:00 Bavariya 4-1 Atalanta
19/03 01:00 Liverpul 4-0 Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem 3-2 Atletiko
19/03 16:00 Andijon 2-0 Mash’al
19/03 18:15 Buxoro 3-1 Dinamo
20/03 16:00 Neftchi - Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf - Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona - Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari - Napoli
21/03 00:45 Jenoa - Udineze
21/03 01:00 Bornmut - Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal - Real Sosyedad
21/03 17:30 Brayton - Liverpul
21/03 18:00 Elche - Malyorka
21/03 19:00 Parma - Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem - Byornli
21/03 20:15 Espanyol - Xetafe
21/03 22:00 Milan - Torino
21/03 22:30 Everton - Chelsi
21/03 22:30 Levante - Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna - Jirona

«Barselona» — chempion! Messidan xet-trik!

«Barselona» — chempion! Messidan xet-trik!

Baho:
+ | -

Ispaniya La ligasining 35-turi doirasida "Barselona" safarda "Deportivo" mehmoni bo‘ldi. "Riasor" stadionidagi o‘yinda "ko‘k-anorranglilar" durang qayd etishsa ham muddatidan avval chempionlikni qo‘lga kiritishardi.

Uchrashuvning 7-daqiqasidayoq hisobni ochildi. Dembele chap qanotdan yetkazgan uzatmaga Koutinyo aylanma zarba berdi va darvozani ishg‘ol qildi. Bahsning 38-daqiqasida Luis Suaresning uzatmasidan keyin Messi o‘tkir burchak ostida zarba berdi va darvozaning yaqin burchagiga to‘pni joyladi.

Ushbu gollar amalda "Barselona"ning g‘alabasini ta’minlashi kerak edi. Ammo La ligada qolish uchun kurash olib borayotgan "Deportivo" oxirigacha kurashdi. Mehmonlarning ikkinchi golidan keyin 2 daqiqa o‘tib Lukas Peres hisobdagi farqni bittaga qisqartirdi.

Ikkinchi bo‘limda la-korunyaliklar bosimni oshirishdi. Ular bir nechta qulay imkoniyatlardan foydalana olishmadi. Nihoyat bo‘limning o‘rtalariga kelib mezbonlar o‘z maqsadlariga erishishdi: Cholak darvozani zabt etdi.

Durang natija ham "Barsa"ni chempionga aylantirardi. Ammo ular g‘alaba uchun harakat qilishdi. Luis Suaresning ikkita uzatmasidan keyin Messi ikki marta qulay vaziyatga chiqib bordi va o‘z hisobiga yana ikkita gol yozib qo‘ydi. Shu tariqa, "Barselona" chempionlikni rasmiylashtirgan o‘yinda argentinalik futbolchi xet-trikka erishdi.

Shu tariqa, bir hafta avval Ispaniya kbuogini boshi uzra baland ko‘targan "Barselona" o‘z tarixida 25-marta Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi. "Real" hisobida esa 33ta g‘oliblik mavjud. "Deportivo" bugungi mag‘lubiyatdan keyin Segundaga yo‘l oldi. Lionel Messi esa o‘z gollarini 32taga yetkazib, "Oltin butsa" uchun kurashda yaqqol peshqadam bo‘lib oldi.

Ispaniya La ligasi, 35-tur
Deportivo – Barselona 2:4 (1:2)
Gollar: 0:1 – 7 Koutinyo, 0:2 – 38 Messi, 1:2 – 40 Peres, 2:2 – 64 Cholak, 2:3 – 82 Messi, 2:4 – 85 Messi.
Deportivo – Martines, Albentosa, Luizinyu, Xuanfran, Sher, Cholak, Gilyerme (Muntari, 83), Borxa Valye (Kartabiya, 86), Borxes (Andone, 86), Kron-Deli, Peres.
Barselona – ter Shtegen, Pike, Alba, Nelson Semedu, Umtiti, Rakitich (Inyesta, 87), Buskets, Koutinyo (Paulinyo, 74), Dembele (Denis Suares, 68), Suares, Messi.
Ogohlantirishlar: Sher (20), Nelson Semedu (58).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 01:43, 30.04.2018.
O'qildi: 7830 marta.
Fikrlar: 23 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.