Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv - Navbahor
17/04 19:00 OKMK - Buxoro
17/04 20:15 Surxon - Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted

«Surxon» - «Dinamo»: 21-to‘qnashuv kimga ataladi?

«Surxon» - «Dinamo»: 21-to‘qnashuv kimga ataladi?

Baho:
+ | -

Bugun, Pro-Liga 6-turi doirasidagi markaziy uchrashuv Termizda “Surxon” hamda Samarqandning “Dinamo” klublari o‘rtasida kechadi. Shiddatli o‘tishi kutilayotgan to‘qnashuv oldidan jamoalarning o‘zaro o‘yinlari tarixiga nazar tashladik.

JORIY MAVSUMDA...

Superligaga chiqishni maqsad qilgan ushbu jamoalar mavsumni kutilgan darajada boshlay olishdi deyish qiyin. “Surxon” ayni damda 5 o‘yindan keyin 8 ochko bilan 4-o‘rinni band etgan bo‘lsa, “Dinamo” 5 bahsdan keyin 2 ochko bilan 8-pog‘onada bormoqda.

“Surxon” jamoasining natijalari:

1-tur. Surxon dam oldi.

2-tur. Surxon – Sho‘rtan – 0:0

3-tur. Orol – Surxon - 1:4

4-tur. Surxon – Andijon - 3:1

5-tur. Norin – Surxon - 0:0.

6-tur. Surxon – Dinamo

“Dinamo” jamoasining natijalari:

1-tur. Norin – Dinamo - 0:0

2-tur. Dinamo dam oldi.

3-tur. Dinamo – Mash’al - 0:1

4-tur. Istiqlol – Dinamo - 2:1

5-tur. Dinamo – Xorazm - 1:1.

6-tur. Surxon – Dinamo

O‘YINNI QOSIMOV BOSHQARADI

Termizdagi bahsni Sherzod Qosimov boshchiligidagi poytaxtlik hakamlar boshqarib borishi ma’lum qilingan.

Pro-Liga. 6-tur. 2 may (chorshanba)

“Surxon” – “Dinamo”

Hakamlar: SH.Qosimov (Toshkent), H.SHodmonov (Buxoro), T.Gaynullin (Toshkent).

Nazoratchi – O.Rubakov (Toshkent).

Komissar – S.Qudratullayev.

Shahar va stadion: Termiz, «Alpomish» o‘yingohi.

Uchrashuv vaqti: 18:00.

ESKI TANISHLAR...

“Surxon” tarkibida ushbu bahsda asosiy darvozabon Ruslan Matniyozov maydonga tushmaydi. PFL futbolchini ikkita o‘yinga diskvalifikasiya qilgan. Termizliklar safidagi Farhod Tojiyev va Ibrohim Rahimovlar “Dinamo” jamoasining sobiq futbolchilari sanalishadi. Har ikki futbolchi bugun “Dinamo” jamoasiga qarshi maydonga tushishi kutilmoqda.

O‘ZARO O‘YINLAR: 21-TO‘QNASHUV

1992 yildan buyon “Surxon” va “Dinamo” klublari chempionat doirasida 20 marotiba o‘zaro to‘qnash kelishgan. Bu borada ustunlik Samarqand jamoasida. “Dinamo” 20 o‘yindan 8 tasida g‘alaba qozongan, 7 o‘yinda “Surxon” g‘olib bo‘lgan. 5 ta uchrashuv esa durang natija bilan tugagan. Gollar nisbati, 27-24 “Surxon” foydasiga.

So‘nggi uchrashuvlardagi natijalar:

25.09.2004. Dinamo - Surxon - 1:0

03.05.2004. Surxon – Dinamo – 3:0

27.09.2003. Dinamo – Surxon - 3:0

26.04.2003. Surxon - Dinamo - 2:1

04.09.2002. Surxon – Dinamo - 2:0

18.05.2002. Dinamo – Surxon - 2:0

17.09.2001. Surxon – Dinamo - 1:0

04.05.2001. Dinamo – Surxon - 4:1

20.09.2000. Surxon – Dinamo - 5:3

29.04.2000. Dinamo – Surxon - 2:1

04.09.1999. Dinamo – Surxon - 1:1

18.05.1999. Surxon – Dinamo - 1:2.

«Dinamo» klubi matbuot xizmati.

Manba: www.fcdinamo.uz
Kiritildi: 15:11, 02.05.2018.
O'qildi: 3731 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик