Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon 2-1 Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona 5-2 Surxon
28/04 20:00 Paxtakor 2-2 Nasaf
28/04 23:59 PSJ 5-4 Bavariya
29/04 19:00 Qizilqum 0-0 Xorazm
29/04 19:00 Neftchi 4-0 Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor 2-1 Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal

Abdumalik Hakimov: «Hozir bizga oson emas»

Abdumalik Hakimov: «Hozir bizga oson emas»

Baho:
+ | -

«Neftchi» xamda «Lokomotiv» (1:4) jamoalari o‘rtasidagi bahsdan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida mezbonlar katta murabbiyi Abdumalik Hakimov va Abdul Aziz Yusupovlar ishtirok etishdi.

- O‘yinni hamma ko‘rdi. Menimcha, ortiqcha izoh kerak emas. Avazbek O‘lmasaliyev, Shukur Po‘latov, Abdurahmon Abdulhaqov, Husniddin G‘ofurov singari yetakchi o‘yinchilarning yo‘qligi o‘z ta’sirini o‘tkazdi. Maydonga tushganlari ham jarohati bilan o‘ynamoqda. Hozir qiyin vaziyatdamiz. Buni hamma tushunib turibdi. Bizga oson emas. Hujum chizig‘ida katta muammolarimiz bor. Saviyaga ham ko‘p narsa bog‘liq. Baribir olg‘a intilishda davom etamiz.

Abdul Aziz Yusupov: Murabbiylar jamoani o‘yinga yaxshi tayyorlashgandi. Birinchi bo‘limni yaxshi boshladik. Jamoa yomon o‘yin ko‘rsatmayotgandi. Lekin birinchi gol yigitlarning kayfiyatiga va o‘yiniga o‘z ta’sirini o‘tkazdi.

“Neftchi” matbuot xizmati

Manba: www.fcneftchi.uz
Kiritildi: 21:46, 04.05.2018.
O'qildi: 2629 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик