Italiya futbol federasiyasi vise-prezidenti Alessandro Kostakurta terma amoa bosh murabbiyi vazifasiga nomzod Roberto Manchini bilan muzokara jarayoni haqida ma’lumot berdi.
"Manchini – italyan futbolini qayta ishga tushirishi mumkin bo‘lgan mutaxassislardan biri, ammo u yagona emas. Bizda milliy terma amoani yetakchilar qatoriga qaytara oladigan yana 5-6 ta yuqori malakali mutaxassislar bor.
Manchini - biz bog‘langan mutaxassislardan biri, ammo biz haligacha kelisha olganimiz yo‘q. Biz mavsum yakunini kutyapmiz va qoidalarni hurmat qilamiz, - deydi Kostakurta.