Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK 2-2 So‘g‘diyona
12/03 20:00 Dinamo 1-1 Nasaf
14/03 00:45 Torino - Parma
14/03 01:00 Alaves - Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya

Andrey Shipilov: "Metallurg" Navoiyga ijobiy natija uchun kelgandi"

Andrey Shipilov: "Metallurg" Navoiyga ijobiy natija uchun kelgandi"

Baho:
+ | -
Bo'lim:
Rukn: Yangiliklar

Superliganing 10-turida "Qizilqum" - "Metallurg" uchrashuvidan so‘ng (1:2) matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda "Metallurg" jamoasi bosh murabbiyi Andrey Shipilov ishtirok etdi.

"O‘yin og‘ir bo‘lishini kutgandik. Qizilqum so‘nggi turlardagi g‘alabadan keyin ruhiy ko‘tarinkilikda edi. Mazkur o‘yin qiymati olti ochkoga teng edi. Shu boisdan jiddiy tayyorgarlik ko‘rdik. Ayniqsa legioner uchlikni yopish birinchi galdagi vazifamiz edi, buni qisman uddaladik. Elguja baribir gol urib mahoratli ekanligini isbotladi.

To‘g‘risi Navoiyga ijobiy natija uchun kelgandik. G‘alaba bizni ikki hissa quvontirdi. Menimcha qayd etilgan hisob haqqoniy, o‘yinga mos bo‘ldi. Biz qarshi hujumda ko‘proq vaziyatlar yaratdik. 2:0 dan keyin masalani uzil kesil hal etishimiz ham mumkin edi. Uchrashuv oxiriga kelib tashabbusni mezbonlarga berib qo‘ydik va buning uchun jazolanishtmizga sal qoldi. Bizni qo‘llab quvvatlab turgan va ishongan barcha muxlislarimizga minnatdorlik bildiraman, - deydi Andrey Shipilov.

Manba: @fcmetallurg
Kiritildi: 08:08, 06.05.2018.
O'qildi: 2344 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.