Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 15:00 Komo 1-0 Parma
17/05 15:00 Jenoa 1-2 Milan
17/05 15:00 Yuventus 0-2 Fiorentina
17/05 15:00 Piza 0-3 Napoli
17/05 15:00 Roma 2-0 Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted 3-2 Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter 1-1 Verona
17/05 19:00 Everton 1-3 Sanderlend
17/05 19:00 Brentford 2-2 Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids 1-0 Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton 1-1 Fulhem
17/05 21:00 Atalanta 0-1 Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl 3-1 Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano 2-0 Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko 1-0 Jirona
17/05 22:00 Osasuna 1-2 Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao 1-1 Selta
17/05 22:00 Elche 1-0 Xetafe
17/05 22:00 Levante 2-0 Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad 3-4 Valensiya
17/05 22:00 Sevilya 0-1 Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo 0-1 Alaves
17/05 23:45 Kalyari 2-1 Torino
17/05 23:45 Sassuolo 2-3 Lechche
17/05 23:45 Udineze 0-1 Cremonese
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti

Sergey Lushan: “Durangdan qoniqdim”

Sergey Lushan: “Durangdan qoniqdim”

Baho:
+ | -

Superliganing 10-turidan o‘rin olgan AGMK - “So‘g‘diyona” uchrashuvidan so‘ng  jamoa bosh murabbiyi  Sergey Lushan va uchrashuvda eng yaxshi futbolchi deb topilgan Ruslan Melziddinovlar  matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Juda og‘ir o‘yin. Kuchga tayangan holda o‘yin namoyish etadigan jamoaga qarshi o‘ynadik. Tarkibida bunchalik ko‘p bo‘ydor futbolchilarni faqat Angliyada ko‘rgandim. Shunga qaramay bugun ochko qo‘lga kiritdik.

Natijadan qoniqdim. Jamoamda u qadar ko‘p mahoratli futbolchilar yo‘q. Ayni paytda taxminan 12 nafar futbolchi bor. Qolganlar yoshlar jamoasidan olinmoqda.

Yigitlarga rahmat, ular bosimni yengib o‘tishdi. O‘yindan o‘yinga yurishda davom etamiz. Hozircha maqsadimiz imkon qadar yuqoriga ko‘tarilish.

Kecha yoshlar jamoamiz safida bir futbolchi juda jiddiy jarohat oldi. Bugun futbolchilar ana shu yigitcha uchun ham o‘ynashdi.

Bir qator futbolchilar jamoamizni tark etdi. Mening futbolga qarashlarimga mos kelmagani uchun 3 futbolchi bilan do‘stona xayrlashdik. Ularni erkin agent sifatida qo‘yib yubordik. Bunday yoshda zaxirada o‘tirgandan ko‘ra boshqa jamoada o‘ynagan yaxshiroq", - deydi Sergey Lushan.

Kuni kecha jamoadoshimiz Shoxrux Xolmatov yoshlar ligasi bahsida jiddiy jarohat oldi. Hozir u shifoxonada. Jamoadoshlarmiz bilan kecha kelishgan holda bugun Shoxrux uchun o‘ynadik. Agarda g‘alaba qozonganimizda ham g‘alabani Shoxruxga bag‘ishlagan bo‘lar edik. Shoxruxga jamoamiz nomidan sog‘lik tilaymiz va tezroq safimizga qaytishini xoxlaymiz. Bugun bizni jizzaxlik ko‘plab muxlislar qo‘llab-quvvatladi. Ularga minnatdorchilik bildiramiz-deydi Ruslan Melziddinov

“So‘g‘diyona” PFK matbuot xizmati

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 13:01, 06.05.2018.
O'qildi: 2446 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик