Kirish Ro'yxatdan o'tish

APL. «Arsenal» o‘z maydonida «Byornli»ni yer tishlatdi

APL. «Arsenal» o‘z maydonida «Byornli»ni yer tishlatdi

Baho:
+ | -

Angliya chempionatining 37-turidan o‘rin olgan “Arsenal” hamda “Byornli” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv nihoyasiga yetdi.

Unda “Arsenal” futbolchilari Arsen Vengerga xayrlashuvidan oldin ajoyib sovg‘a tayyorlashdi.

Jumladan, “Arsenal” raqiblari darvozasiga javobsiz beshta gol urib, muhim g‘alabani taqdim etdi. Ta’kidlash joiz ushbu o‘yin Venger uchun “Emireyts” stadionidagi so‘nggisi bo‘ldi.

Shu tariqa, Vengerning ketishidan oldin yangilanayotgan “Arsenal” fransiyalik mutaxassisni olqishlar va chiroyli g‘alaba bilan kuzatib qo‘ydi.

APL, 37-tur.

Arsenal – Byornli 5:0 (2:0, 3:0)

Gollar: 1:0 – 14 Obameyang, 2:0 – 45 Lyakazett, 3:0 – 54 Kolashinas, 4:0 – 64 Ivobi, 5:0 – 75 Obameyang.

Arsenal – Chex, Chembers (Mertesaker, 77), Kolashinas, Belyerin, Mavropanos, Mxitaryan, Jaka, Uilsher (Remzi, 72), Ivobi, Obameyang, Lyakazett (Uelbek, 72).

Byornli – Poup, Long, Uord, Louton, Tarkovski, Vestvud, Kork, Xendrik, Lennon (Nkudu, 71), Gudmundsson (Uells, 89), Barns (Vouks, 22).

Ogohlantirish: Tarkovski (44).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 22:20, 06.05.2018.
O'qildi: 4976 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик