"Zenit" bosh murabbiyi Italiya terma amoasini boshqaradi. La Gazzetta dello Sport xabariga ko‘ra, tomonlar shartnoma bandlarini kelishib olgan, endi sankt-peterburgliklarning roziligi qoldi, xolos.
Manchini Italiya terma jamoasida yiliga 2 million yevro maosh oladi, bu "Zenit"da ishlab topayotganidan ikki borabar kam (4,5 million yevro).
Mutaxassisning shartnomasi 2 yilga mo‘ljallangan. Manchini Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlanishi haqida rasmiy xabar 20 may kuni e’lon qilinadi.