“Brand Finance” kompaniyasining ma’lum qilishicha, dunyodagi eng qimmat futbol brendi “Manchester Yunayted” hisoblanadi. Mankunianliklarning narxi 1,55 mlrd yevroga teng. Ikkinchi o‘rinni esa 1,288 mlrd yevro bilan “Real” band etgan. 1,237 mlrd yevroga narxlangan “Barselona” brendi esa uchinchi o‘rinda.
Kuchli beshlikni “Bavariya” va “Manchester Siti” (1 mlrd yevrodan qimmatroq) band etgan.