Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-2 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 2-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor 0-1 Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

Pepsi Superliga. Poytaxt viloyat derbisida mehmonlar zafar quchdi

Pepsi Superliga. Poytaxt viloyat derbisida mehmonlar zafar quchdi

Baho:
+ | -

Toshkent viloyati derbisi hamisha murosasiz o‘tib kelgan. Mamlakat XXVII milliy chempionati Super Ligasining 11-turidan o‘rin egallagan o‘yin ham bundan mustasno bo‘lmadi.

Uchrashuvning dastlabki daqiqalaridanoq jamoalar ochiq o‘yin namoyish etishga bel bog‘laganliklarini yashirishmadi.

Birinchi taym avvalida tashabbus mehmonlar tomonida bo‘ldi. Qariyb o‘n daqiqa mobaynida “Metallurg” futbolchilari himoyalanishga majbur bo‘lishdi. Shunday hujumlardan birida mezbonlar posboni Javohir Ilyosov jamoasini muqarrar goldan qutqardi.

Taym o‘rtalaridan boshlab hududiy ustunlik mezbonlar tomoniga o‘tdi. Biroq kombinasiyalarni tugatishda AGMKga aniqlik yetishmadi. Bir safar Islombek Isoqjonovning jarimadan tepgan to‘pi darvoza to‘siniga tegib maydon tashqarisiga chiqib ketdi.

Birinchi bo‘lim ancha keskin kurashlarga boy bo‘ldi. Shunday to‘qnashuvlardan birida jarohat olgan “Metallurg” sardori Abror Husinov muddatidan oldin o‘rnini Dilyorbek Irmatovga bo‘shatib berishga majbur bo‘ldi.

Ikkinchi taymda ham o‘yin ssenariysi o‘zgarmadi. Har ikkala jamoa g‘alaba ishtiyoqida maydonda to‘p surdi, biroq hujumlarni yakunlash borasida oqsashdi. Uchrashuvda durang natija qayd etiladigandek ko‘ringandi. Ammo uchrashuv tugashiga besh daqiqa qolganda standart vaziyat mehmonlar uchun omadli bo‘ldi. Burchakdan to‘p o‘yinga kiritilganda shamol to‘pning yo‘nalishini o‘zgartirdi va Vladimir Bubanyaga kelib tushdi. Uning yengil urinishidan keyin to‘p darvoza chizig‘ini kesib o‘tdi – 0:1.

“Metallurg” – AGMK – 0:1 (0:0). Bekobod. “Metallurg” stadioni. 10.05.2018 yil. 8047

Gol: Vladimir Bubanya (85).

“Metallurg”: Javohir Ilyosov, Abbosjon Otaxonov, Shahzod Shaymanov, Zabixillo O‘rinboyev, Islombek Isoqjonov, Zohid Abdullayev, Sherzod Fayziyev, Akbarjon Ismatullayev, Muhammad Isayev (Suhrob Nurulloyev,), Abror Xusinov (Dilyorbek Irmatov,), Pavel Smolyachenklo.

AGMK: Pavel Matyash, Abduqahhor Hojiakbarov, Xurshidbek Muxtorov (Qahramon Bahodirov,), Dilshod Jo‘rayev, Shohnazar Norbekov (Zafar Polvonov,), Lutfillo To‘rayev, Vladimir Bubanya, Vladislav Kosminin, Yovan Jokich,Javlon Guseynov, Vadim Chemirtan.

Ogohlantirishlar: Shahzod Shaymanov (23), Akbar Ismatullayev (54), Suhrob Nurulloyev (72), Abbosjon Otaxonov (75), Pavel Smolyachenko (90+2) – Xurshidbek Muxtorov (18), Yovan Jokich (55), Javlon Guseynov (82).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 22:34, 10.05.2018.
O'qildi: 2465 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик