Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/01 19:00 Piza 0-3 Komo
06/01 22:00 Lechche 0-2 Roma
07/01 00:45 Sassuolo 0-3 Yuventus
07/01 01:00 Vest Xem 1-2 Nottingem Forest
07/01 22:30 Bolonya - Atalanta
07/01 22:30 Napoli - Verona
08/01 00:30 Bornmut - Tottenhem
08/01 00:30 Brentford - Sanderlend
08/01 00:30 Kristal Pelas - Aston Villa
08/01 00:30 Everton - Vulverhempton
08/01 00:30 Fulhem - Chelsi
08/01 00:30 Manchester Siti - Brayton
08/01 00:45 Parma - Inter
08/01 00:45 Torino - Udineze
08/01 00:45 Lasio - Fiorentina
08/01 01:15 Byornli - Man. Yunayted
08/01 01:15 Nyukasl - Lids
08/01 22:30 Cremonese - Kalyari

Mourinyo: «Mavsumdan qoniqdim deb ayta olmayman»

Mourinyo: «Mavsumdan qoniqdim deb ayta olmayman»

Baho:
+ | -

“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Joze Mourinyo “Vest Xem”ga qarshi uchrashuvdagi durangdan so‘ng jamoasining joriy mavsumda turnir jadvalidagi o‘rni haqida gapirdi.

“Biz 6 ta kuchli jamoa chempionlik uchun kurashgan premyer-ligani 2-o‘rinda yakunladik. Mavsumdan to‘liq qoniqdim deb ayta olmayman. Bu mening tabiatimga to‘g‘ri keladigan natija bo‘lmadi. Ha, chempion bo‘la olmasligimizni tushunganimizdan keyin, o‘z oldimizga 2-o‘rinni olish vazifasini qo‘ygan edik va bugun shu ishni uddaladik.

Bugungi o‘yin uchun futbolchilarni tanqid qilmoqchi emasman. “Brayton” bilan kechgan bahs tanaffusida yigitlarga o‘sha kuni mag‘lub bo‘lishimizni oldindan aytgan edim. Bugun esa g‘alaba qozonish haqida gapirdim. Taktik rejalarda xatoga yo‘l qo‘yganimni tan olaman, ammo 80-daqiqadan keyin 2-o‘rinni olish uchun 1 ochko yetishini sezib, ko‘proq himoya haqida o‘ylashimizni futbolchilarga yetkazdim. Endi keyingi o‘yinda g‘alaba qozonib, ochkolarni 81 taga yetkazishimiz kerak. Maykl Kerrik “Old Trafford”dagi so‘nggi o‘yinda jamoa sardori bo‘ladi, De Xeaga esa dam beraman. Uning o‘rnini Romero to‘ldiradi”, – dedi Mourinyo.

Manba: www.sports.ru
Kiritildi: 02:46, 11.05.2018.
O'qildi: 2817 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.