Kirish Ro'yxatdan o'tish

«U aqldan ozgan». Husanov Donnarumma bilan hazillashdi va javob oldi (video)

«U aqldan ozgan». Husanov Donnarumma bilan hazillashdi va javob oldi (video)

Baho:
+ | -

«Manchester Siti» darvozaboni Janluidji Donnarumma o‘z jamoadoshi — o‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov bilan hazillashdi, deb xabar berdi Sports.kz.

Klubning Instagram sahifasida mavsum yakuniga bag‘ishlangan tantanali parad vaqtidagi video e’lon qilingan. Unda klub reportyori Donnarumma bilan intervyu olayotgani, shu payt Husanov hazil tariqasida uning qulog‘iga tegib qo‘yayotgani aks etgan. Shuningdek, reportyor Husanovdan intervyu olmoqchi bo‘lganda, u gapirishdan bosh tortgan.

«Husani kechirasizlar, u jinni. U juda jinni», — deb hazil bilan aytgan italiyalik darvozabon.

Husanov va Donnarumma o‘rtasidagi bunday hazillar avval ham turli videolarda aks etgan. Jumladan, Angliya Kubogi topshirish marosimida Donnarumma Husanov hazillashgani ko‘rsatilgan.

2025/2026 mavsumda Husanov «Manchester Siti» bilan ikki sovrin — Angliya Liga Kubogi va Angliya Kubogini qo‘lga kiritdi.

APLda esa «Manchester Siti» 2-o‘rinni egalladi, chempionlikni «Arsenal»ga boy berdi. Chempionlar Ligasida jamoa 1/8 finalda «Real Madrid»ga mag‘lub bo‘lib turnirni tark etdi.

Manba: sports.kz
Kiritildi: 22:44, 26.05.2026.
O'qildi: 2689 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик