Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya 5-5 Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted 2-0 Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut 1-1 Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal 3-0 Sanderlend
07/02 20:00 Byornli 0-2 Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem 1-2 Everton
07/02 20:00 Vulverhempton 1-3 Chelsi
07/02 20:15 Barselona 3-0 Malyorka
07/02 22:00 Jenoa 2-3 Napoli
07/02 22:30 Nyukasl 2-3 Brentford
08/02 00:45 Fiorentina 2-2 Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad 3-1 Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Sevilya - Jirona
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis
09/02 00:45 Yuventus - Lasio
09/02 01:00 Valensiya - Real Madrid
09/02 22:30 Atalanta - Cremonese

Pepsi Superliga. Aprel oyi laureatlari aniqlandi

Pepsi Superliga. Aprel oyi laureatlari aniqlandi

Baho:
+ | -

PFL hamda Championat.asia hamkorlikda Pepsi Superliganing aprel oydagi eng yaxshilarini aniqlab oldi.

Ovoz berish jarayonida Superliganing 12 ta klubi bosh murabbiylari, sardorlari hamda futbol muxlislari ishtirok etdi. Mart oyida Mirjalol Qosimov, Murod Zuxurov hamda Azizbek Turg‘unboyev raqobatchilarini katta farq bilan ortda qoldirgan bo‘lsa, bu safar g‘oliblik uchun kurash ancha qiziqarli kechdi.

Eng chiroyli gol muallifi — Elguja Grigalashvili
“Qizilqum”ning legioner futbolchisi mart oyida eng yaxshi futbolchi va eng chiroyli gol sovrini uchun kurash olib borgandi. Birinchi nominasiyasida u 20 ochko bilan uchlikka kirgan bo‘lsa, ikkinchisida bor-yo‘g‘i 6 ochko jamg‘arib, 8-o‘rin bilan kifoyalangandi. Bu safar Elgujaning AGMK darvozasiga urgan goli eng chiroylisi bo‘ldi. Bahodir Nasimovni ovoz beruvchilardan 5 kishi, Artur Gevorkyanni esa 4 kishi 1-o‘ringa joylashtirdi. Grigalashvilida bu ko‘rsatkich uchtagina bo‘lsa-da, uni 11 kishi 2-o‘ringa loyiq ko‘rdi. Bu esa “Qizilqum” a’zosining ochkolarini yaxshigina ko‘paytirib berdi. Vaholanki, muxlislar o‘rtasidagi so‘rovnomada ham Nasimov ko‘proq ovoz to‘plagan, Elguja o‘shanda ham ikkinchi bo‘lgandi.

Eng yaxshi darvozabon — O‘tkir Yusupov
“Qo‘qon-1912” a’zosi mart oyida ham da’vogarlar safida bor bo‘lib, kuchli uchlikka kira olmagandi. Aprel oyida esa uning natijalari yaxshilandi. Murabbiylar va sardorlar ovoziga ko‘ra, “Paxtakor” darvozaboni Eldor Suyunov 49, O‘tkir Yusupov esa 48 ochko jamg‘argandi. Bu yerda hal qiluvchi rolni futbol muxlislari o‘ynadi. Ularning ovozlari sabab Yusupov raqibini 5 ochko ortda qoldirib ketdi. Chunki Championat.asia o‘quvchilari Suyunovni kuchli uchlikka ham kirita olmagan.

Eng yaxshi murabbiy — Ulug‘bek Baqoyev
“Buxoro” bosh murabbiyi Ulug‘bek Baqoyev “Paxtakor”ni “taslim” qila olgan ikki mutaxassisdan biri bo‘lib turibdi. Mart oyida Mirjalol Qosimov shunga erishgan va peshqadam bo‘lgandi. Aprel oyida Ulug‘bek Baqoyev boshchilik qilayotgan “Buxoro” ancha faol bo‘ldi. Vaholanki, Baqoyev mart oyida hatto nomzodlar orasiga ham kiritilmagandi.

Unga “Paxtakor” ustozi Shota Arveladze raqobat tug‘dirdi. Yakunda oradagi farq 20 tani tashkil qildi. Arveladze ketma-ket ikki oy davomida nomzodlar qatorida bo‘lgan yagona murabbiy bo‘lsa-da, har ikki safar ham g‘oliblik unga nasib qilmadi.

Eng yaxshi futbolchi — Arslonmurod Omonov
Mart oyida nomzod bo‘lgan birorta ham futbolchi aprel oyida e’tiborga tushmadi. Bu oyda kurash Tiago Bezerra, Javlon Ibrohimov va Arslonmurod Omonov o‘rtasida kechdi. Murabbiylar va sardorlar ovoziga ko‘ra Omonov 45, Ibrohimov 42 va Bezerra 40 ochko to‘pladi. Natijada bu yerda ham asosiy rolni muxlislar o‘ynab berdi. Ular Arslonmurod Omonovni peshqadam sifatida ko‘rsatgandi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 17:18, 12.05.2018.
O'qildi: 3824 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.