Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/05 21:00 Bolonya 3-3 Inter
23/05 23:45 Lasio 2-1 Piza
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

Shohjahon Ergashev Osiyo va Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etadi

Shohjahon Ergashev Osiyo va Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etadi

Baho:
+2 | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Professional boksda WBA International kamari sohibiga aylangan Shohjahon Ergashev Milliy olimpiya qo‘mitasida mehmon bo‘ldi.

Sportchini Milliy olimpiya qo‘mitasi Prezidenti Umid Ahmadjonov qabul qildi. Uchrashuvda MOQ rahbari bokschi uchun zarur bo‘lgan barcha shart-sharoitlarni yaratib berishga, lozim bo‘lsa chiptadan tortib mehmonxona harajatlari masalalarida ham yordam berishga tayyor ekanligini, Shohjahondan esa faqat va faqat yurtimiz bayrog‘ini yuqorilarga ko‘tarib yurishini kutayotganligini ma’lum qildi.

Shuningdek, bokschiga Osiyo va Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etish taklif qilindi. O‘z navbatida, Shohjahon ushbu taklifga jon-jon deb rozi bo‘lishini aytdi.

«Shoxjahon Ergashevdek yigitlarimiz kam. Uning qayd etayotgan natijalarini amalga oshirish hammaning ham qo‘lidan kelavermaydi. Shohjahon shu yil Indoneziyada bo‘lib o‘tadigan Osiyo o‘yinlariga ham borishi kerak. Kerak bo‘lsa, u musobaqaning ochilish marosimida delegasiyamiz bayroqdori vazifasini bajaradi. Kelajakda undan yanada yuksak natijalarni kutib qolamiz», – dedi Umid Ahmadjonov MOQ matbuot xizmatiga bergan intervyusida.

O‘z navbatida Shohjahon Ergashev o‘ziga bildirilayotgan ishonchni oqlashga, kelajakda bundan ham nufuzliroq kamarlarni qo‘lga kiritishga va’da berdi.

«Ko‘rsatilayotgan e’tibordan juda xursandman. Ochig‘i, bu men uchun kutilmagan hol bo‘ldi. Nasib qilsa, o‘z vazn toifamdagi eng kuchli bokschini ham mag‘lubiyatga uchrataman va chempionlik kamarini qo‘lga kiritaman. Bunga oz qoldi, uzoq kuttirmayman. Ushbu kamarni qo‘lga kiritib, yurtdoshlarimni xursand qilmoqchiman», – dedi Shohjahon Ergashev.

Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati fursatdan foydalanib Shohjahon Ergashev bilan intervyu tashkil qildi. Birozdan so‘ng ushbu eksklyuziv intervyuni e’tiboringizga havola qilamiz.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 23:55, 12.05.2018.
O'qildi: 6523 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик