Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-1 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 2-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

«Lokomotiv» klubi mehribonlik uyining chempion bolalari uchun iftorlik dasturxoni yozdi

«Lokomotiv» klubi mehribonlik uyining chempion bolalari uchun iftorlik dasturxoni yozdi

Baho:
+ | -

Yaqindagina Rossiya poytaxti Moskva shahrida Mehribonlik uylarida tarbiyalanayotgan bolalar o‘rtasidagi Jahon chempionati bo‘lib o‘tdi. Unda ilk bora O‘zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etdi.

Hamyurtlarimiz o‘zlarining ilk ishtiroki bo‘lishiga qaramay barcha raqiblarini mardonavor tarzda mag‘lub etishdi va yakunda Jahon chempioni unvoniga ega chiqishdi. Jamshid Asadov shogirdlari ushbu turnirda yurtimiz sharafini munosib himoya etishning uddasidan chiqishdi.

Qo‘lga kiritilgan bunday muvaffaqiyat “Lokomotiv” professional futbol klubi rahbariyati va hodimlarini ham befarq qoldirmadi. Zero “Lokomotiv” PFK joriy yil avvalidan buyon poytaxtimizda joylashgan 23-sonli mehribonlik uyi futbol jamoasini har tomonlama qo‘llab-quvatlab, ularga homiylik qilib kelmoqda. Mundialda ishtirok etgan terma jamoamiz o‘zagini ham ushbu mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari tashkil etishdi.

Muborak Ramazon oyi davom etayotgan ushbu qutlug‘ kunlarda “Lokomotiv” PFK Jahon chempionligini qo‘lga kiritgan mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari uchun iftorlik dasturxoni yozdi. Bugun terma jamoamiz vakillari “Lokomotiv” stadioniga tashrif buyurishdi. Ular klub qarorgohida “Lokomotiv” asosiy tarkibi futbolchilari hamda murabbiylari bilan suhbat qurib, Jahon chempionati taassurotlari bilan o‘rtoqlashishdi. Katta akalari esa ushbu yosh futbolchilarga kelajakda ulkan muvaffaqiyatlar tilashdi.

“Sizlar o‘zingizdan kutilgan o‘yinni namoyish eta oldingiz va Jahon chempionatida O‘zbekiston sharafini munosib himoya qildingiz. Sizlar bilan har qancha farxlansa arziydi. Sizdek futbolga ulkan mehr qo‘ygan yigitlarga kelajakda ulkan muvvaffaqiyatlar tilaymiz. Hali katta futbolda ham yaxshi natijalar qayd etishingizga ishonamiz”, – dedi “Lokomotiv” PFK bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi Andrey Fyodorov.

“Ukalarim, Jahon chempionatidagi ajoyib o‘yiningiz uchun sizga tashakkur. Sizlarda ulkan iqtidor bor ekaniga amin bo‘ldik. Kelajakda sizlardan milliy terma jamoada ham o‘ynaydigan mashxur futbolchilar yetishib chiqishiga tilak bildiramiz”, – dedi Oleg Zoteev.

img_0005

img_0056

img_0058

img_0100

img_0120

img_0138

img_0159

Manba: www.lokomotiv.uz
Kiritildi: 12:40, 21.05.2018.
O'qildi: 3280 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик