"Chelsi" Antonio Konte yaqin sutka ichida vazifasidan ozod qilinadi, deya xabar beradi BeIN Sports.
Londonliklar Angliya kubogi finalida "MYU" mag‘lub etilib (1:0) sovrin qo‘lga kiritilganiga qramay, shunday qaror chiqaradi.
Murabbiyning o‘zi "agar bu hammaga foyda keltirsa" iste’foga tayyor ekanini aytgan. Uning o‘rniga asosiy nomzod "Barselona"ning sobiq ustozi Luis Enrike bo‘lib turibdi.
Eslatib o‘tamiz, Konte 2016 yilning yozida "ko‘klar" boshqaruviga kelgan. U bu vaqt ichida jamoani Angliya chempioni va Angliya kubogi sohibi qildi.