Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/04 00:00 Monpelye 1-1 Nant
27/04 00:00 Real Sosyedad 0-1 Real Madrid
27/04 17:00 Las-Palmas 0-2 Jirona
27/04 18:00 Lechche 1-1 Monsa
27/04 19:00 Man. Yunayted 1-1 Byornli
27/04 19:00 Vulverhempton 2-1 Luton
27/04 19:00 Fulhem 1-1 Kristal Pelas
27/04 19:00 Nyukasl 5-1 Sheffild Yunayted
27/04 19:15 Almeriya 1-3 Xetafe
27/04 21:00 Yuventus 0-0 Milan
27/04 21:30 Everton 1-0 Brentford
27/04 21:30 Alaves 3-0 Selta
27/04 23:45 Lasio 1-0 Verona
28/04 00:00 Aston Villa 2-2 Chelsi
28/04 00:00 PSJ 3-3 Gavr
28/04 00:00 Atletiko 3-1 Atletik Bilbao
28/04 13:00 Tojikiston 5-5 O‘zbekiston
28/04 15:30 Inter 2-0 Torino
28/04 16:00 Mets 1-2 Lill
28/04 16:00 Tailand 1-4 Eron
28/04 17:00 Kadis 1-1 Malyorka
28/04 18:00 Tottenhem 2-3 Arsenal
28/04 18:00 Bornmut 3-0 Brayton
28/04 18:00 Loryan 1-2 Tuluza
28/04 18:00 Klermon 4-1 Reyms
28/04 18:00 Strasbur 1-3 Nissa
28/04 18:00 Bolonya 1-1 Udineze
28/04 19:00 Indoneziya - O‘zbekiston
28/04 19:15 Granada 3-0 Osasuna
28/04 20:05 Renn 4-5 Brest
28/04 20:30 Nottingem Forest 0-2 Manchester Siti
28/04 21:30 Vilyarreal - Rayo Valyekano
28/04 22:00 Lion - Monako
28/04 22:30 Yaponiya - Iroq
28/04 23:45 Fiorentina - Sassuolo
29/04 00:00 Marsel - Lans
29/04 00:00 Betis - Sevilya
29/04 23:45 Jenoa - Kalyari
30/04 00:00 Barselona - Valensiya

UZREPORT TV va FUTBOL TV JCH-2018ni keng qamrovda yoritmoqchi

UZREPORT TV va FUTBOL TV JCH-2018ni keng qamrovda yoritmoqchi

Baho:
+ | -

2018 yil 14 iyundan 15 iyulgacha Rossiyada jahon muxlislari tomonidan intiqib kutilayotgan, FIFA sha’feligidagi dunyoning eng nufuzli xalqaro turniri bo‘lgan futbol bo‘yicha Jahon chempionati musobaqasi bo‘lib o‘tadi.

Sayyoramizning barcha nuqtalarida bo‘lgani kabi, mazkur musobaqani O‘zbekistondagi millionlab futbol ishqibozlari ham orziqib kutishmoqda. Afsuski, o‘yinlarni bevosita stadionlarda turib tomosha qilish imkoniyati hammaga ham nasib etmaydi. Aksariyat muxlislar, albatta, o‘zlarining yoqtirgan jamoalari ishtirokidagi o‘yinlarni televizor ekranlari orqali kuzatishga tayyorgarlik ko‘rishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi hududida FIFA-2018 Jahon chempionati musobaqalari va bunga bog‘liq boshqa dasturlarni translyasiya qilish eksklyuziv huquqiga «UzReport» Axborot Agentligi ega bo‘ldi. «UZREPORT TV» va «FUTBOL TV» telekanallari o‘zbek muxlislariga yaqinlashib kelayotgan Jahon chempionatining barcha uchrashuvlarini jonli efirda va yuqori sifatda taqdim etadi. Eslatib o‘tamiz, chempionat doirasida 64 ta uchrashuv, shu jumladan: guruh bosqichining 48 ta uchrashuvi va pley-off bosqichining 16 ta uchrashuvi o‘tkaziladi.

«UZREPORT TV» va «FUTBOL TV» da futbol uchrashuvlarini tomosha qilishning qo‘shimcha afzalligi - sharh tilini (rus yoki o‘zbek tili) tanlash imkoniyatining mavjudligidir. Tomoshabinlar uchun yana bir syurpriz sifatida Rossiya sport sharhlovchiligi yulduzlari bilan uchrashuv hisoblanadi. Denis Kazanskiy va Aleksandr Yelagin «UZREPORT TV» va «FUTBOL TV» telekanallarining sharhlovchilari bilan Jahon chempionatini birgalikda sharhlash uchun Toshkentga tashrif buyurishadi.

O‘yinlarning jonli translyasiyalaridan tashqari, har ikki telekanalning tomoshabinlari kunning natijalariga bag‘ishlangan «Highlights» dasturini tomosha qilishlari mumkin bo‘ladi. Unda o‘tgan o‘yinlarning eng yorqin va hayajonli daqiqalari, terma jamoalar o‘yinchilari va murabbiylari haqidagi ma’lumotlar, shuningdek, FIFA-2018 rekordlari va qiziqarli ma’lumotlar taqdim etiladi.

Chempionat arafasida esa «UZREPORT TV» va «FUTBOL TV» telekanallarida 16 ta qismdan iborat bo‘lgan «Mundial sari yo‘l» filmining namoyishi boshlandi. Filmda har bir milliy terma jamoa Jahon chempionatiga qanday tayyorgarlik ko‘rgani, bu tayyorgarlikda futbolchilar va murabbiylar qanday qiyinchiliklarga duch kelishgani haqida so‘z boradi. Uning namoyishi 13 iyulga qadar davom etadi va futbol muxlislari uchun haqiqiy sovg‘a bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, mamlakatimizda «UZREPORT TV» va «FUTBOL TV» telekanallari orqali FIFA-2018 Jahon chempionati teletranslyasiyalarining rasmiy hamkori «Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston, Ltd» MCHJ hisoblanadi.

Manba: uzreport.news
Kiritildi: 14:26, 22.05.2018.
O'qildi: 10446 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.