Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

O‘zbekiston taekvondo WTF assosiasiyasiga yangi rahbar saylandi

O‘zbekiston taekvondo WTF assosiasiyasiga yangi rahbar saylandi

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisi Botir Parpiyev 14 yil deganda o‘z kursisini o‘rinbosari Behzod Anvarovich Musayevga bo‘shatib bergan edi. Shundan keyin 71 yashar Parpiyev Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika Kengashi raisining Keksalar va faxriylar ishlari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimini egalladi.

Joriy yilning 19 may kuni u yana bir lavozimni tark etdi. Gap shundaki, u O‘zbekiston taekvondo WTF assosiasiyasi prezidenti lavozimidan ham ketdi.

Shu kuni Milliy olimpiya qo‘mitasida O‘zbekiston taekvondo WTF assosiasiyasining navbatdan tashqari saylov Konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Keyin esa u taekvondo (WTF) assosiasiyasi rahbarligi uchun shu kungacha O‘zbekiston taekvondo (ITF) milliy assosiasiyasi prezidenti lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelgan Laziz Saydivaliyevich Hasanov nomzodini ko‘rsatdi. Qizg‘in bahs munozaralardan so‘ng Laziz Hasanov nomzodi qo‘llab-quvvatlandi va u O‘zbekiston taekvondo WTF assosiasiyasi prezidenti lavozimiga saylandi.

O‘z navbatida yangi rahbar oldiga ma’lum talab va vazifalar qo‘yildi. Jumladan, Laziz Hasanov qisqa vaqt ichida terma jamoalarga iqtidorli sportchilar yetkazib berish tizimini qayta ko‘rib chiqishi, murabbiylar malakasini oshirishga e’tiborni kuchaytirishi, Osiyo va Olimpiya o‘yinlari kabi nufuzli musobaqalarda o‘zbekistonlik taekvondochilarning muvaffaqiyatli ishtirok etishi uchun zarur choralar ko‘rishi kerak bo‘ladi.

Darvoqe, O‘zbekiston taekvondo WTF assosiasiyasi prezidenti o‘zgarganiga 3 kun bo‘ldi, biroq tashkilot saytining rahbariyat bo‘limidagi ma’lumotlar o‘zgarishsiz qolmoqda. Unda ham Parpiyev prezident sifatida ko‘rsatilgan.

Manba: www.qalampir.uz
Kiritildi: 15:22, 22.05.2018.
O'qildi: 2600 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.