Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:00 Tottenhem 0-2 Manchester Siti
15/05 00:30 Real Madrid 5-0 Alaves
15/05 01:00 Jirona 0-1 Vilyarreal
15/05 22:30 Sevilya 0-1 Kadis
15/05 22:30 Rayo Valyekano 2-1 Granada
15/05 23:45 Brayton - Chelsi
16/05 00:00 Man. Yunayted - Nyukasl
16/05 00:00 Reyms - Marsel
16/05 00:00 Nissa - PSJ
16/05 01:00 Selta - Atletik Bilbao
16/05 01:00 Xetafe - Atletiko
16/05 22:30 Las-Palmas - Betis
17/05 00:30 Almeriya - Barselona
17/05 01:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 23:45 Fiorentina - Napoli

Prevyu: «Buxoro» – «Nasaf»

Prevyu: «Buxoro» – «Nasaf»

Baho:
+1 | -

Ikkinchi davrani muvaffaqiyat bilan boshlagan “Nasaf” oliy 13-tur uchrashuvini safarda “Buxoro” jamoasiga qarshi o‘tkazadi.

Ushbu uchrashuv 26 may shanba kuni “Buxoro” arenada soat 19:20da boshlanadi.

Pepsi Superliga, 13-tur

“BUXORO” – “NASAF”

26.05.2018. “Buxoro” arena. 19:20da

Bosh hakam: Viktor Serazitdinov (Toshkent)

Qanot hakamlari: Rasuljon Fozilov (Namangan), Mo‘minjon Majidov (Namangan)

Zaxira hakami: Ziyodullo Abdurahmonov (Andijon)

Nazoratchi: Alisher Abdullayev (Toshkent)

Komissar: Roman Chernikov.

Ma’lumot uchun, Viktor Serazitdinov mazkur jamoalarning birinchi davradagi, Qarshida bo‘lgan uchrashuvini ham boshqargan edi. Unda qarshiliklar 3:1 hisobida g‘alaba qozongan edi.

O‘zaro uchrashuvlar tarixidan

Mazkur jamoalar milliy chempionatimizda shu paytgacha o‘zaro 41 marta kuch sinashganlar. O‘zaro bo‘lib o‘tgan  uchrashuvlarning 22 tasida “Nasaf”ning qo‘li baland kelgan. 9 uchrashuvda murosa ko‘chasi tanlangan bo‘lsa, 10 uchrashuvda buxorolik futbolchilar g‘alabaga erishgan.

To‘plar nisbati bo‘yicha ham ustunlik “Nasaf”tomonida 72-39. “Nasaf”ning “Buxoro” jamoasi ustidan qozongan eng yirik hisobdagi g‘alabasi - 6:0. “Buxoro” jamoasi esa 5:1 - eng yirik hisobda g‘alabaga erishgan. Bu hisoblar Buxoroda qayd etilgan.

Qarshida bo‘lib o‘tgan bu yilgi ilk o‘zaro uchrashuvda, “ajdarlar” 3:1 hisobida g‘alaba qozongan.

Buxorodagi uchrashuvlar tarixidan

Mazkur jamoalar Buxoroda 20 marta o‘zaro kuch sinashgan “Buxoro” o‘z uyida 10 bor “Nasaf”ni taslim qilgan. 4ta uchrashuvda murosa ko‘chasi tanlangan. “Nasaf” 6 marta Buxorodan uch ochko bilan qaytgan. O‘zaro uchrashuvlarda darvozalarga jami 58ta to‘p kiritilgan. To‘plar nisbati bo‘yicha ustunlik “Buxoro” tomonida 30-28.

O‘tgan yilgi Buxoroda o‘tgan o‘zaro uchrashuvda mezbonlar kichik, 1:0 hisobida g‘alabaga erishgan.

Buxoroda o‘tgan so‘nggi besh uchrashuv:

12.08.2017. “Buxoro” – “Nasaf” 1:0

24.04.2016. “Buxoro” – “Nasaf” 0:2

12.04.2015. “Buxoro” – “Nasaf” 0:2

15.08.2014. “Buxoro” – “Nasaf” 0:2

29.10.2013. “Buxoro” – “Nasaf” 1:5

Jamoalarning turnir jadvalidagi holati

“Buxoro” jamoasi hozirgacha  12 uchrashuv o‘tkazgan va bu uchrashuvlar orqali 21 ochko to‘plagan.  Ular ayni paytda turnir jadvalining 4-pog‘onasini band etib turishibdi. “Nasaf” ham joriy chempionatda 12 uchrashuv o‘tkazdi. To‘plagan ochkolari soni 17ta va turnir jadvalining 6-pog‘onasida bormoqda. “Nasaf” o‘tgan tur uchrashuvini o‘z maydonida “Neftchi” jamoasiga qarshi o‘tkazdi va 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Safarda “Qo‘qon-1912” jamoasi bilan kuch sinashgan “Buxoro” jamoasi esa, 1:2 hisobida g‘alabaga erishdi.

O‘zaro uchrashuvlar tarixidan yana ma’lumotlar

O‘zaro uchrashuvlar tarixiga nazar tashlasak, “Buxoro” jamoasi darvozasini dastlab sobiq hujumchimiz Aleksandr Beynarovich ishg‘ol etgan. Ushbu uchrashuv 1997 yil 8 avgustda Qarshida bo‘lib o‘tgan va “ajdarlar” raqiblarini 3:0 hisobida mag‘lub etishgan. Aleksandr Beynarovich 1997 yilda “Nasaf”da to‘p tepgan. So‘nggi marta “Buxoro” darvozasiga gol  urgan futbolchimiz Slavko Lukich bo‘lib turibdi. U birinchi davraning  2-turida bo‘lib o‘tgan Qarshidagi uchrashuvda, “Nasaf”ning uchrashuvdagi uchinchi golini kiritgan edi.

Ayni paytda klubimizda murabbiylik faoliyatini olib borayotgan sobiq futbolchilardan Ro‘ziqul Berdiyev, Shuhrat Toshpo‘latov, Nikolay Minchev, Zafar Xolmurodov va Nurali Sultonovlar ham o‘zaro uchrashuvlarda “Buxoro” jamoasi darvozasiga gol kiritishgan.

Mazkur jamoalarning o‘rinbosarlari o‘rtasidagi uchrashuv, 25 may juma kuni Buxoro shahridagi klub  qarorgohi  maydonida  bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv soat 17:00da boshlanadi.

Bo‘lajak uchrashuvga “Nasaf” PFK muxlislar klubi faollari ham jiddiy tayyorgarlik ko‘rishmoqda. Shuni alohida ta’kidlash joizki, yon qo‘shnilar bo‘lmish ikkala jamoa muxlislar klubi ancha yillardan buyon do‘stona aloqa qilib kelishadi. Ashaddiy muxlislarimiz o‘yin kuni “ajdarlar”ni bevosita stadionda turib qo‘llab-quvvatlashni rejalashtirganlar.

Uchrashuvga marhamat qiling!

Manba: www.fcnasaf.uz
Kiritildi: 13:26, 23.05.2018.
O'qildi: 2908 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.