Taniqli ispaniyalik jurnalist Xose Alvares «Barselona»ning joriy mavsumdagi o‘yiniga yuqori baho berdi.
Kataloniyaliklar La Ligada o‘tkazgan dastlabki 4 ta uchrashuvning barchasida g‘alaba qozonib, 12 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. «Real» esa ulardan 3 ochko ortda bormoqda.
Alvares «Barselona»ni mukammal ishlaydigan mexanizmga qiyosladi.
«Barsa» — mukammal ishlaydigan mashina. Ular go‘yo boshqa sport turida o‘ynayapti», — dedi Alvares jonli efirda.













